www.ziyouz.com kutubxonasi
28
kabi, qarg‘ishlari ham tez ijobat bo‘ladi. Agar shunday bo‘lib qolsa, Alloh asrasinki,
farzand badxulq, badkirdor bo‘ladi. O‘z navbatida, farzandlar ham ota-onalarining
ranjishlariga, noroziliklariga, qarg‘ishlariga sabab bo‘ladigan amal va harakatlardan
astoydil tiyilishlari lozim.
Rivoyat qilishlaricha, bir kishi Abdulloh ibni Muborak huzurlariga kelib, o‘g‘lining beodob
va badkirdorligidan shikoyat qildi. Abdulloh ibni Muborak so‘radilar: “Uni duoibad
qilganmiding?” U kishi tasdiqlab, bosh silkidi. Shunda hazrat: “Sen o‘zing uni buzib
qo‘yibsan”, deb u kishini malomat qildilar. Otaning nasihat, ta’limu tarbiyasi farzandga
ta’sir qilmoq uchun, avvalo, o‘zi ham solih bo‘lmog‘i lozim.
Kishi birovning farzandiga ziyon yetkazmasligi, yomonlik qilmasligi kerak, chunki uning
zarari zamonlar o‘tib, o‘z farzandlariga qaytishi mumkin. Masalan, hazrati Yusuf
alayhissalomga akalari yomonlikni ravo ko‘rdi, quduqqa tashlab ketdi. Oqibatda necha
zamonlar o‘tib, o‘zlarining farzandlari Fir’avn qo‘liga asir tushdi.
Ota farzand boshida sihat-salomat hayot kechirib turgani uchun Allohga shukrona qilib,
yetim va mazlumlarning ko‘z yoshi to‘kilishidan saqlasin va ularga rahmu shafqat qilib,
boshlarini silasin, bu ish bag‘ritoshlikni uzoqlashtiradi. Shuningdek, muhtojlarga nafaqa
va xayru ehson qilsinki, mukofoti jannatdir, inshaalloh.
AQIQA (sunnat to‘yi) Farzandga ism qo‘yish va uning sochini oldirish uchun tavalludining yettinchi kunida qo‘y
so‘yib, xalqqa ehson va ziyofat berish aqiqa marosimi deyiladi.
Imomi A’zam mazhablariga ko‘ra, aqiqa qilish mustahabdir.
O‘g‘il bolaga ikkita, qiz bo‘lsa, bitta qo‘y so‘yiladi. Aqiqaga so‘yiladigan qo‘y qurbonlik
molining sifatiga teng bo‘lishi kerak. Agar bunday sifatli qo‘y topilmasa, imkoniyatiga
qarab, topganini so‘yaveradi. Qo‘y so‘yishga imkoni bo‘lmasa, echki ham kifoya qiladi.
Ammo aqiqa uchun parranda so‘yish joiz emas.
Hozirgi zamonda ko‘p joylarda faqat o‘g‘il bolalarga aqiqa qilinib, qizlarning aqiqasi
odatdan chiqarilgan. Holbuki, Rasululloh sallallohu alayhi vasallam “Al g‘ulomu murtahinun biaqiqatihi”, ya’ni bolaning ofat va kasalliklardan salomat bo‘lishi aqiqaga
bog‘liqdir, - deb marhamat qilganlar.
Hazrati Rasululloh sallallohu alayhi vasallam payg‘ambar bo‘lganlaridan so‘ng o‘zlariga
aqiqa qildilar. Hazratning bu amallari aqiqa o‘z muayyan vaqtidan o‘tsa ham, soqit
bo‘lmasligiga dalildir. Aqiqani tavalludning yettinchi kunidan tashqari, o‘n to‘rtinchi yoki
yigirma birinchi kunlarida qilish kitoblarda tavsiya qilingan.
Aqiqa qo‘yini so‘yish vaqtida quyidagi duo o‘qiladi. “Alohumma hozihi aqiqatu fulonin
(bolaning ismi aytiladi) damuho bidamihi va azmuho biazmihi va jilduho bijildihi va
sha’ruho bisha’rihi, Allohummaj’alho fidoan liibni fulonin (otasining ismi aytiladi) fidoan
minan nor”. Ya’ni “Parvardigoro! Bu falon(bolaning ismi aytiladi)ning aqiqasidir, qoni