Oila va nikoh risolasi. Fazluddin Iqroruddin
www.ziyouz.com kutubxonasi
24
qilingan.
Ba’zilar o‘g‘il ko‘rishni istab, qiz bola tug‘ilganda kamroq xursand bo‘ladilar. Aksincha,
agar qiz farzand tug‘ilsa, ota-ona ziyodaroq xursand bo‘lishlari kerak. Zero, islomdan
avvalgi johillar qiz bolani yomon ko‘rib, tiriklay yerga ko‘mar edilar. Rasululloh sallallohu
alayhi vasallam buyuribdilar:
“Birinchi farzandi qiz bola bo‘lgan ayol barakali, baxtli va
sharofatli ayol ekanligidan dalolatdir”.
Alloh taolo Qur’oni karimda “Sho‘ro” surasining 49-oyatida:
“...U (Alloh) O‘zi
xohlagan kishiga qizlarni hadya etur va O‘zi xohlagan kishiga o‘g‘illarni hadya
etur...” deb qiz bolani o‘g‘il boladan muqaddam sanashi ham qiz farzandning
barakotliroq va fazilatliroq ekanligidan dalolatdir. Ayollar va qiz bolalarning fazilatlari
haqida ko‘p osor va axborlar kelgandir.
Bola tavallud bo‘lganda uni oppoq matoga o‘ramoq lozim, sariq matoga o‘ralmasin.
So‘ng darhol o‘ng qulog‘iga azon va chap qulog‘iga takbir (iqomat) aytiladi. Zero,
bolaning dunyodan birinchi eshitadigan ovozi va so‘zi Allohning muborak ismi bo‘lsin.
Shuningdek, ushbu azon va iqomat sababidan bola bir necha dard va ofatlardan salomat
qoladi.
Hadisi sharifda ham keladiki:
“Har kimda farzand tug‘ilsa, uning o‘ng qulog‘iga azon va
chap qulog‘iga takbir aytilsa, undan ummus-sibyon5 ko‘tariladi”.
Parvardigordan farzandga ixlos va e’tiqod bilan dunyo va oxirat yaxshiliklarini so‘raladi.
Birinchi bo‘lib totadigan taomi shirinlik bo‘lmog‘i uchun biroz xurmoni ezib, muloyim qilib
chaqaloqning tanglayiga suriladi.
Ota-ona chaqaloqning yig‘layverganidan diltang va bezovta bo‘lmasinlar, chunki uning
yig‘isi Alloh uchun zikr, tahlil va hamdu sano, ota-onasi uchun istig‘fordir.
Hazrati Payg‘ambar alayhissalom huzurlariga keltirilgan har bir chaqaloq haqiga:
“Allohummaj’alhu barran va anbithu fil islomi nabotan hasanan”. Ya’ni “Ey Parvardigor,
bu farzandni yaxshi amallar qiluvchi solih, taqvodor, xayrli va saxovatlilardan qil! O‘zing
uni islomiy xulqlar bilan voyaga yetishini nasib et!”, deb duo qilardilar.
Dostları ilə paylaş: