80
Federatsiya
(lotincha — ittifoq) — hududiy
jihatdan muayyan siyo-
siy mustaqillikka ega bo‘lgan bir necha davlatlardan iborat yagona
ittifoq davlat.
Ssuda
— moddiy boyliklar garovi hisobiga foiz to‘lash va qaytarib
berish sharti bilan muayyan muddatga
qarzga beriladigan pul yoki
moddiy boylik.
Savol va topshiriqlar
1. Avstriya-Vengriya va Germaniya imperiyalarining siyosiy tuzumini
taqqoslang.
2. Avstriya-Vengriyaning iqtisodiy taraqqiyotda
orqada qolishiga sabab
bo‘lgan omillarni izohlab bering.
3. Ijtimoiy harakat nima va u Avstriya-Vengriyada qanday kechdi?
4. „Milliy-ozodlik harakati“ tushunchasiga izoh bering. Avstriya-
Vengriyada milliy-ozodlik harakati juda keskin kechganligining
sabablari nimalardan iborat edi?
Avstriya-Vengriya imperiyasining
tashqi siyosati
Avstriya-Vengriya imperiyasi tashqi siyo-
satining
markazida, asosan, Bolqon yarim-
oroli yotgan. Shuning uchun u Bolqonda
egallab olgan slavyan xalqlari yerlarida mustahkam o‘rnashib
olishga, Rossiyaning Bolqon yarimorolidagi ta’sirini
keskin kamay-
tirishga jon-jahdi bilan harakat qilgan.
Avstriya-Vengriyaning yakka o‘zi bu vazifaning uddasidan chi-
qa olmas edi. Shuning uchun ham u Germaniya bilan yaqinlashdi.
O‘z navbatida, Germaniya ham
bu yaqinlashuvdan manfaatdor
edi. Chunki, bu davrda Germaniya buyuk davlatlar o‘rtasida bo‘-
linib bo‘lgan dunyoni yana qayta bo‘lishga intilayotgan edi. Bu
maqsadning ro‘yobga chiqishi uchun Germaniyaga, albatta, itti-
foqchi zarur edi. Natijada, 1879-yilda bu ikki imperiya o‘rtasida
ittifoq shartnomasi tuzildi.
Bu
ikki imperiya, asosan, Bolqon yarim-
orolidagi yerlarga ko‘z tikkandi. Avstriya-
Vengriya bu yerda slavyan xalqlarini o‘ziga
bo‘ysundirishga, ularning mamlakatlarini
esa mustamlakaga ay-
lantirishga urinardi. Ayni paytda, Bolqonda Turkiya katta mus-
tamlaka hududlariga ega edi.
Slavyan xalqlari o‘z milliy-ozodliklari
uchun doimiy kurash
olib borgan. Bu kurashda ular Rossiyaga tayangan. Rossiya slavyan
Dostları ilə paylaş: