Shartli belgilar



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/143
tarix26.12.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#77948
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   143
Jahon tarixi. 9-sinf (2014, M.Lafasov, U.Jo\'rayev)



JAHON TARIXI
„O‘QITUVCHI“ NASHRIYOT-MATBAA IJODIY UYI
TOSHKENT — 2014
9
Qayta ishlangan va tuzatilgan
3-nashri
Ozbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi
umumiy orta ta’lim maktablarining 9- sinfi
uchun darslik sifatida tasdiqlagan


2
SHARTLI BELGILAR
Mavzu ustida mustaqil ishlash.
Esda tuting.
Atamalar mazmuni.
Bahs uchun mavzu.
Savol va topshiriqlar.
UO‘K 94(4/9)(075)
KBK 63.3(0)53ya721
J 23










~
~
~
~
~
•
Tarixiy adabiyotlarni nashrga tayyorlash va chop etish bo‘yicha ekspert
guruhi xulosasiga binoan Respublika ta’lim markazining tarix fanlari o‘quv-
metodik kengashi tomonidan nashrga tavsiya etilgan.
Mualliflar:
M. Lafasov, U. Jo‘rayev,
E. Xoliqov, D. Qodirova
Mas’ul muharrir: tarix fanlari doktori, professor E.Z. Nuriddinov.
Taqrizchilar: falsafa fanlari nomzodi R.R. Nazarov;
oliy toifali o‘qituvchi B. Abdullayev.
© „Talqin“ nashriyoti, 2006
© „O‘qituvchi“ NMIU, 2010
ISBN 978-9943-02-754-1


3
KIRISH
Aziz o‘quvchilar!
Siz mustaqil O‘zbekistonning farzandlarisiz. Jahon tarixini o‘r-
ganishda davlatimiz rahbari Islom Karimovning o‘z tarixini bilish
jahon tarixi, umumbashariy taraqqiyot qonuniyatlarini o‘rganish-
ning asosi ekanligi haqidagi fikrini yodda tutishingiz zarur.
Siz o‘rta umumta’lim maktabining oxirgi, 9-sinfiga qadam
qo‘ydingiz. Maktabni bitirgach, akademik litsey yoki kasb-hunar
kollejiga kirib o‘qiysiz. Siz 8-sinfda „Jahon tarixi“ bo‘yicha XVI asr
boshlaridan XIX asrning ikkinchi yarmigacha bo‘lgan davrni
o‘rgandingiz. Endi jahon tarixining eng qiziqarli, shu bilan birga,
murakkab davrini o‘rganasiz. Chunki bu davrda dunyoda katta
o‘zgarishlar yuz berdi. Bu davrning asosiy belgisi — ishlab chiqa-
rishda monopolistik kapitalizm qaror topdi. Turli xil sindikatlar,
kartellar, konsernlar yuzaga keldi. Ishlab chiqarish markazlashdi,
xorijga kapital chiqarish boshlandi. Bir qator davlatlar oldingi 100
yillarda erisha olmagan taraqqiyotga erishdilar.
Bozor iqtisodi jamiyati taraqqiyotiga xos bo‘lgan bunday
o‘zgarishlarni hozirda bizning mamlakatimiz o‘z boshidan
kechirmoqda. Jamiyat taraqqiyotining tarixiy tajribalari-
dan bugungi kunda foydalanish, yo‘l qo‘yilgan xatolarni
takrorlamaslik mamlakatimizda buyuk jamiyat qurishni va
jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallashimizni tez-
lashtiradi. Shu sababli rivojlangan mamlakatlar tarixini
chuqur o‘rganib, uning ijobiy tomonlaridan respublika-
miz ravnaqi uchun foydalanish har birimizning muqad-
das burchimizdir.
Ushbu darslik tarixni yangi davrlashtirish asosida tayyorlangan
bo‘lib, XIX asrning 70-yillaridan 1918-yilgacha bo‘lgan davrni o‘z
ichiga oladi.
Darslikda tarixni yangi davrga moslab, sinfiy hamkorlikni mus-
tahkamlashga, insonparvarlashtirishga, gumanitar g‘oyalarni ken-
gaytirishga, urushlarning insoniyat dushmani ekanligini ko‘r-
satishga, tinchlik va ijtimoiy taraqqiyot dunyo xalqlarining oso-
yishta yashashi uchun zarurat ekanligini ochib berishga harakat
qilindi.
•


4
XIX asr oxiri — XX asr boshlarida kapi-
talizm taraqqiyotida yangi bosqich — mo-
nopolistik kapitalizm deb ataluvchi bosqich
qaror topdi. Monopolistik kapitalizm — bu kapitalizmning iqtisodiy
hayotida monopoliyalar vujudga kelgan, moliya oligarxiyasi shakl-
langan, siyosiy hayotda esa ularning jamiyat hayoti ustidan hukm-
ronligi o‘rnatilgan bosqichidir.
Kapitalizmning bu bosqichi erkin kapitalizm bosqichidan quyi-
dagi asosiy belgilari bilan ajralib turadi:

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin