5
nopoliyalashuvi jarayoni bank faoliyatida kapitalning markazlashuviga
olib keldi. Kuchli raqobat tufayli kichik banklar xonavayron bo‘lib,
yirik banklar tarkibiga qo‘shilib ketdi. Natijada,
juda katta moliyaviy
qudratga va o‘z mamlakatida ulkan siyosiy ta’sirga ham ega bo‘lgan
moliyaviy markazlar — bank-gigantlar (yirik banklar) vujudga
keldi. XX asr boshlarida shunday banklar Fransiyada uchta, AQSHda
esa ikkita edi.
Bank kapitali bilan sanoat kapitalining
birlashib ketishi kapital-
ning yangi shaklini — moliya kapitalini vujudga keltirdi. Po‘lat,
neft, gazeta va boshqa soha „qirollarining“ juda katta bank-sanoat
imperiyalari paydo bo‘ldi.
AQSHda mamlakatning iqtisodiy hayotini nazorat qilib turgan
60 ta oilaning shunday imperiyalari mavjud edi. XIX asrning oxi-
rida bu oilalardan „katta uchlik“ — Rokfeller (neft),
Morgan
(moliya), Karnegi (po‘lat) ajralib turardi. XX asr boshlarida Kar-
negi o‘zining ko‘p millionli mulkini sotganidan so‘ng amerika-
liklar nigohida tadbirkorlikdagi omad va boylikning qudrati ikki
kishida — Morgan va Rokfellerda mujassamlashdi.
Chunonchi,
Rokfellerning neft tresti mamlakatdagi neft mahsulotlarining deyarli
barchasini ishlab chiqarardi, Morganning po‘lat tresti esa po‘latning 66
foizini berardi. Fransiyada esa moliyaviy qudratning timsoli fransuz
bankining yirik omonatchilari bo‘lgan „200 oila“ edi.
Dostları ilə paylaş: