11
Trest
— ishlab chiqarish va savdoni o‘zlaricha emas, markaziy boshqaruv
qarori asosida olib boradigan korxonalar birlashmasi.
Savol va topshiriqlar
1. Monopolistik kapitalizm nima?
2. Monopolistik kapitalizmning asosiy belgilari nimalardan iborat?
3. Moliya oligarxiyasiga misollar keltiring.
4. Chetga kapital chiqarish qanday yuz berdi?
5. Dunyoni bo‘lib olish zarurati nima?
6. „Imperializm“ atamasiga izoh bering.
Industrial sivilizatsiya
Siz 8-sinf „Jahon tarixi“
darsligidan XIX
asrning 50—60-yillarida G‘arbiy Yevropa
va AQSHda sanoat to‘ntarishi nihoyasiga
yetganligini bilib olgan edingiz. Shu tariqa industrial sivilizatsiya
uzil-kesil qaror topdi. Bu sivilizatsiya —
asosiy qadriyati texnika
taraqqiyoti bo‘lgan sivilizatsiya edi.
„Industrial sivilizatsiya“ atamasi o‘rnida „industrial jamiyat“
atamasi ham ishlatiladi va ular bir xil ma’noni anglatadi.
Industrial sivilizatsiyaning belgilaridan biri — shaharlarning
juda tez o‘sishi bo‘ldi. Bu, birinchidan, qishloq xo‘jaligida texnikani
qo‘llash natijasida bir qism qishloq aholisining ortiqcha kuch bo‘lib,
ishsiz qolishi, ularning ish izlab shaharlarga
kelishi hisobiga yuz
berdi.
Ikkinchidan, kichik shaharlarda mayda savdogarlar va hunar-
mandchilik ishlab chiqarishining pasayib ketishi, shuningdek,
trans-
portdagi o‘zgarishlar, temiryo‘llar qurilishi, sanoat markazlarining
yirik shaharlarga ko‘chishi hisobiga yuz berdi. Odamlar ish axtarib
va kun ko‘rish uchun turar joylarini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi.
Yuz yillar davomida o‘z yerlarida yashab
kelgan aholi harakatga
keldi. Endi ular o‘z yerlarini tashlab shaharlarga keta boshladi.
Qishloqdan ketish immigratsiyani ham vujudga keltirdi. Endi odamlar
boshqa mamlakatlarga ham keta boshladilar. Lekin ko‘chishning kat-
ta qismini o‘z mamlakatlari ichidagi migratsiya tashkil etdi.
Industrial rivojlanish jarayonida shaharlar
alohida ahamiyat kasb eta boshladi. Sanoat
Dostları ilə paylaş: