Windows operatsion muhitida ishlovchi
Microsoft Word matn
muharririni olaylik. Bu muharrir prosessor tasnifiga ega bo’lgan,
Microsoft Office tarkibiga kiruvchi dastur. Bu dastur
Microsoft Word ilovasi deb ataladi. Agar Siz,
biror-bir algoritmik dasturlash tilida (masalan, Paskal tilida) birorta dastur ishlab
chiqqan bo’lsangiz, uni ishlashini kompyuterda amalga oshirsangiz u ilova dastur
hisoblanadi, uni nomiga “ilova” so’zi qo’shib ishlatiladi. Lekin, “ilova” so’zi
ko’proq turli operatsion tizimlarda ishlaydigan dasturiy mahsulotlarga nisbatan
ishlatilsa to’g’ri bo’ladi.
4.12-rasm.
Dasturlash axborot texnologiyalari ikkita yo’nalishga ajratilib ko’rsatiladi.
Bularning birinchisi, ilovalarni yaratish dasturiy vositalar bo’lib, turli hil operatsion
tizimlarida ishlatiladigan “Dasturiy ilovalarni tuzish uchun” (
RAD – Rapid
Application Development) vositalar deb ataladi. Ular tarkibiga: dasturlash
tizimlari va turli xil dasturlash tillari bazasidan iborat bo’lgan uskunaviy ishlab
chiqarish muhiti kiradi.
Ikkinchisi,
CASE - texnologiyalari deb ataladi (Computer Aided Software
Engineering, yoki
CASE ). Bu texnologiya dasturiy ta’minotini tuzishni kompyuterli
qo’llab-quvvatlovchi va murakkab axborot tizimlarini tuzishni avtomatlashtirish
vositalarini o’zida mujassamlashtiradi.
Tizimli dasturlash o’zida : dasturlash tilini kompilyator yoki interpretatorini;
dastur kodini sozlovchisi va optimallashtiruvchi vositalarini; aloqalar muharririni,
standart bibliotekalar to’plamini, ma’lumotnoma tizimlarini qamrab oladi.
Dasturlash tili kerakli algoritmni qandaydir matnli ko’rinishda ifodalashga
imkon beradi. Bu matn kodni shakllantiruvchi maxsus dastur-translyatorni
ishlashi uchun boshlang’ich material bo’lib hisoblanadi.