14-amaliy mashg’ulot
Web brauzerlar. Internetda tibbiy ma’lumotlarni qidirish. Qidirish tizimlarini yaratish va
uning ahamiyati. Web 1.0 va Web 2.0 texnologiyalari.
1-amaliy ish: Internet Explorer brauzer dasturida ishlash
Kerakli texnik vositalar: kompyuter,
proektor
Kerakli dasturiy vositalar: Internet Explorer brauzer dasturi.
Ishning maqsadi: Тalabalarga Internet Explorer brauzer dasturidan foydalanishni o’rgatish.
Тopshiriq:
1. C diskda o’z papkangizni yarating.
2. Internet Explorer dasturini ishga tushiring.
3. Internet qidiruv tizimiga kiring.
4. Ozbekistonda suv xo’jaligi holati va suv xo’jaligida zamonaviy boshqaruv tizimlarini
qo’llashga oid ma’lumotlar yig’ing.
6. Ma’lumotlardan nusxa oling va o’z papkangizga ko’chiring.
7. Laboratoriya ishni rasmiylashtiring.
Nazariy qism
Internet - bu yagona standart asosida faoliyat ko’rsatuvchi
jahon global komputerlar
tarmog’idir. Uning nomi «tarmoqlararo» degan ma’noni anglatadi. U mahalliy (lokal) komputer
tarmoqlarini birlashtiruvchi informatsion tizim bo’lib, o’zining alohida axborot maydoniga ega
bo’lgan v i r t u a l t o ’ p l a m d a n iborat bo’ladi.
Internetga ishlash uchun p r o v a y d e r tashkilotlarning xizmati alohida ahamiyat kasb
etadi. Hozirgi kunda O’zbekistonda bir qancha provayder tashkilotlar mavjud. Bo’larga:
Uzpak,
Sarkor, Uznet, Buston va boshqalarni misol keltirishimiz mumkin.
Ularning Internet tizimida
sahifa manzillari mavjud. Misol uchun:
www.uzpak.uz
,
www.sarkor.uz
,
www.tps.uz
,
www.uzsci.net
,
www.intal.uz
va hokazo.
Mana shu provayder tashkilotlar internetda ishlash imkoniyatini to’liq yaratib beradi. Ular
internetda ishlash qulayligini ta’minlaydigan quyidagi parametrlarni o’z zimmasiga oladi:
modem orqali telefon qila olish qobiliyati;
aloqa tezligi va sifati;
internetga bog’lanish va ma’lumotlarni uzatish tezligi.
Bugungi kunda internetning WWW xizmati tobora rivojlanib, mukammal ma’lumotlar
manbaiga aylanib bormoqda. Uning
yordamida istalgan sohada, istalgan mavzuda va istalgan
vaqtda ma’lumotlarni qidirib topish, ulardan foydalanish, zarur bo’lganda ulardan nusxalar olish
mumkin. Internetning ushbu xizmat turidan foydalanish uchun avvalo mijoz komputerida xuddi
shunday imkoniyatlarni yaratib beruvchi maxsus dasturiy ta’minot bo’lishi zarur. Bunday dasturlar
ta’minotini odatda
brouzerlar (browsers) deb atashadi. Dunyoda eng ko’p
foydalaniladigan
brouzerlardan biri - bu
Internet Explorer hisoblanadi. Internet Explorer dasturidan odatda
Windows operatsion tizimida ishlovchi mijozlar ko’proq foydalanishadi.