Taksonomiya yangi fan bo`lib, hali to`la ishlab chiqilmagan. Biroq uning ayrim qismlari quyidagilarni tashkil etadi: - kelib chiqishi bo`yicha xavflar: tabiiy, texnik, ekologik, aralash bo`ladi; - rasmiy standartga asosan fizik, ximiyaviy, biologik va ruhiy turlarga bo`linadi; -salbiy oqibatlarning ro`y berish vaqti bo`yicha impul’siy (beixtiyor harakat) va kumulyativ (tusatdan keluvchi) turlarda bo`ladi; -xavflar tarqalishiga yo`l qo`ymaslik bo`yicha (lokalizatsiya) – litosfera, gidrosfera, atmosfera va koinot bilan bog’liq bo`ladi; -kelib chiqadigan oqibatlariga ko`ra charchash, kasallanish, jarohatlanish, halokatlar, yong’inlar ko`rinishida bo`ladi; - keltiradigan zarari bo`yicha ijtimoiy, texnik, ekologik va boshqa turlarga bo`linadi; -namoyon bo`lishi bo`yicha maishiy, sport, yo`l-transport, ishlab chiqarish va harbiy bo`ladi; -olamga ta`siri bo`yicha o`ta ta`sirchan (zaharlar, kislotalar) va sust (narkotik moddalar, arok, sigaret) bo`ladi. Sust ta`sir deganda odamning o`zi sababchi bo`ladigan xavf tushuniladi.
Xavflar ro’yxati –
bu aniq bir tartiblar bo`yicha qo`yilgan nomlar, atamalardir (o`zgaruvchan harorat, havo harakatining tezligi, havo bosimi, yorug’lik, havoni ionlash, portlash, gerbitsid, shovqin, tebranish, yong’in, zaharli moddalar, lazer nuri, elektr yoyi va boshqalar).
Har bir tekshiriladigan ob`ektda
o`tkaziladigan aniq tekshirishlar uchun shu ob`ekt (tsex, ish joyi, texnologik
jarayon, kasb) da uchraydigan xavflar ruyxati tuziladi.