MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference
91
turlari” mavzusini zamonaviy metodlar va interfaol usullar yordamida
tushuntirilishi mumkin. O‘tgan darsda o‘quvchilar-ta’lim oluvchilarga “lazer va
uning turlari” mavzusini internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘rganish va qator
ma’lumotlar jamlab kelish topshirig‘i beriladi. Yangi mavzu bayonidan avval
o‘qituvchi o‘quvchilarning berilgan uyga vazifa topshirig‘ini qay darajada
bajarganlilarini sarhisob qiladi. Dars mavzuni AKT imkoniyatlaridan foydalanib
tushuntirilishdan boshlanadi.
Lazerning umumiy ko‘rinishi va tuzulishi elaktron doska-monitorda namoyish
etiladi. So‘ngra “O‘zaro bir-birini o‘qitish”, “Hamkorlik aloqalari” va “Juftlikda
o‘ylang, javob bering” metodidan foydalanish mumkin. O‘qitishning eng yaxshi
va samarali usuli o‘zgalarni biron-bir narsani va jarayonni o‘rganishga,
tushunishfa harakat qilishdir. Ya’ni shaxs o‘zgalarni o‘qitib, o‘zi ham o‘tganishni
tashkil etishdir. Bu vaziyatda o‘quvchi Barcha imkoniyatlarni ishga solib,
vaziyatdan kelib chiqib, tanqidiy va tahliliy xulosa berib kreativ yondashishi
lozim bo‘ladi. Dars mashg‘ulotlarida o‘quvchilar-ta’lim oluvchilarni hamkorlikka
yo‘naltirib quyidagicha zamonaviy usullardan foydalanishlari mumkin.
Matodni o‘tkazish usuli:
1.
Sinfdagi o‘quvchilar tahminan 5-6 kishidan iborat guruhlarga bo‘linadilar
2.
Har bir guruh ishtirokchilariga mavzuga oid tushunchalarni izohlash,
qonuniyatlarni tushunish, hodisalarni tahlil qilish, masala yoki misollar еchish
topshirig‘i beriladi
3.
So‘ngra guruh ishtirokchilarining yarmi olinib yana qayta guruh tuziladi
4.
Yangi guruhdagi o‘quvchilarning bir qismi o‘rgangan bilimlarini 2-3
daqiqadavomida guruhning ikkinchi qismiga tushuntirib beradilar. Bunda bir
o‘quvchi ikinchi o‘quvchiga individual holda tushuntirib berishi kerak.
O‘qituvchi bu vaziyatda KUZATUVCHI, YO‘NALTIRUVCHI, NAZORAT QILUVCHI,
IZOHLOVCHI, TUSHUNTIRUVCHI, TAHLIL QILUVCHI vazifalarni bajaradi.
5.
Metodni amalga oshirish uchun belgilangan reglament tugagach
O‘RGATUVCHI va O‘RGANUVCHI vazifalari va vakolatlari almashiniladi.
Guruh ishtirokchilari quyidagi qismlarni bo‘lib o‘rganadilar
Lazer nima? Lazer deb ataluvchi optik kvant genaratorining paydo bo‘lishi fizika
fanining yangi sohasi kvant elaktronikasining ulkan va namunali yutug‘idir.
Lazer deganda juda aniq yo‘naltirilgan kogorent yorug‘lik nurining manbai
tushuniladi. Lazer deb “majburiy nurlanish natijasida yorug‘likning kuchayishi ”
iborasidagi so‘zlarning birinchi harfidan olingan. (Light Ampilification by
stimulated Emission of Radiotation)