"Truba ichida truba" tipidagi issiqlik almashinish qurilmai. Bu turdagi
qurilmalar bir-biri bilan kontsentrik joylashgan ichki va tashqi trubadan tashqil
topgan. Bularda isitilayotgan yoki sovitilayotgan mahsulot asosan ichki truba
orqali uzatiladi. Trubalar orasidagi bo`shliqdan esa yuzani ifloslantirmaydigan
issiqlik tashuvchi yuboriladi.
Bu tipdagi isitkichlar yuqori bosimda va issiqlik tashuvchilarnig sarfi kam
bo`lganda ham ishlaydi. Bunday qurilmalarning afzalligi shundaki, ularni
tayyorlash oson. Kamchiligi: issiqlik almashinish yuzasi nisbatan kichik. Ishlab
chiqarish yuzasini iqtisod qilish maqsadida bular bir-biri bilan kalach va
patrubkalar yordamida tutashtirilgan bir necha elementli va bir necha sektsiyali
qilib tayyorlanadi. «Truba ichida truba» tipidagi issiqlik almashinish qurilmaining
sxemasi 5 - rasmda keltirilgan bo`lib, qurilma ichki truba 1, tashqi truba 2, kalach 3
va birlashtiruvchi patrubka 4 dan iborat (I, II issiqlik tashuvchi agentlar).
Dostları ilə paylaş: