isigan havo va suv massalarini qutblar tomon tashib boradi va butun boshli
mintaqalar va materiklarning iqlim xususiyatlarini belgilab beradi. Hattoki, alohida
holda olingan bitta shahar miqyosida ham konveksiya juda muhim o‘rin tutadi. Siz
nima sababdan shahar joylarning harorati qishloqlardagidan bir-ikki daraja baland
bo‘lishini fikr qilib ko‘rganmisiz? Buning sababi ham o‘sha konveksiyaga borib
taqaladi. Shaharda qizigan asfalt yuzasidan iliq havo muntazam ko‘tarilib turadi va
uning o‘rniga sovuqroq havo tushib, doimiy sirkulyatsion oqim hosil qiladi. Shu
sababli, katta shaharlarda, ayniqsa, avtomobil harakati zich va jadal bo‘lgan yirik
megapolislarda o‘ziga xos mahalliy mikroiqlim yuzaga keladi.
Umumlashtirish o‘rnida shuni ta'kidlaymizki, konveksiya - moddaning
harakati evaziga issiqlik uzatilishi jarayonini yuzaga keltiradigan jarayondir.
Muayyan bir joyda issiqlikni o‘ziga yig‘ib olgan modda muhit bo‘ylab
harakatlanib, issiqlikni o‘zi bilan tashib yuradi va nisbatan joyga borgach, u o‘zi
tashib kelgan issiqlikni o‘sha joydagi sovuqroq moddalarga, xususan, atrof
muhitga uzatadi. Konveksiya va issiqlik o‘tkazuvchanlikning bir-biridan tubdan
farq qiladigan joyi aynan shunda. Ya'ni, issiqlik o‘tkazuvchanlikda issiqlikni
uzatayotgan moddaning o‘zi joyidan qo‘zg‘almaydi; konveksiyada esa, issiqlikni
modda o‘zi bilan tashib yuradi.
Dostları ilə paylaş: