boshqa ilovalarning API lari ishga tushirilgan bo’lishi kerak bo’ladi. Masalan,
mobil raqamlar saqlangan bazani Content provider yordamida boshqa ilovalar
ko’rishi va foydalanishi mumkin. Yoki shunga o’xshash SMS xabarlarni ko’rishi
mumkin.
Qo’shimcha komponentlar
Fragmentlar
Androidda fragmentlar butunlay foydalanuvchi interfeysi hisoblanadi.
Odatda, faqat ekranning malum bir bo’laklarini yoki
butunlay yuzasini egallashi
mumkin. Fragmentlar activitylar ichida foydalaniladi. Shuningdek, ular turli xil
activitylarda qayta ishlatilishi mumkin. Fragment odatda ko’rinishlar (View) va
ko’rinish guruhlari (ViewGroup) lar bilan deyarli bir xil bo’ladi.
Layout XML Fayllar
Activitylar, fragmentlar va bazi ko’rinish guruhlari o’zlarining layuotlari va
kontentlarida XML fayllarni ishlata oladi. XML
fayl komponentlar xuddi GUI
(Graphics User Interface) lar, fragmentlar va activitylar kabidir. Shunday qilib, bu
komponent foydalanuvchi interfeysini qurishda ishlatiladi (o’lchamlar, chegaralar,
oraliqlar va h.k).
Intentlar
Android intentlar kichik obyektlar bo’lib, activitylar ularni Android
operatsion tizimiga uzatadi va foydalanuvchi harakatlariga kerakli javoblarni
qaytaradi.
Misol uchun, foydalanuvchi biror rasmni yuborishi kerak bo’lsa, ilova
yuborilish haqidagi so’rovchi tizimga yuboradi va tizim unga mos ravishda javob
qaytaradi, masalan qaysi xizmatlar orqali yuborishini so’rashi mumkin(bluethooth,
mms va h.k). Ko’pincha intentlar “ulashish harakatini” bildiradi. Boshqa ilovalar
qanday “ulashish harakati” qandayligi belgilaydi va kerakli buyruqni bajaradi.
Widgetlar
Android widgetlar activitydan tashqarida ko’rina
olish xususiyatiga ega
bo’lgan foydalanuvchi grafik interfeysi komponentidir. Masalan, ob-havo
malumotini ko’rsatuvchi widgetlar Androidning bosh ekranlarida joylashishi
mumkin. Widgetlar ilovaning implement qilingan va birlashtirilgan bo’lagi bo’lib
hisoblanadi.
Ba`zan ko’rinishlar(View lar) “widget”lar deb nomlangan. Masalan,
ko’pchilik foydalanuvchi grafik interfeysi komponentlari (View subklass lari) Java
paketlari ichida joylashgan android.widget deb nomlanadi. Lekin, GUI
komponentlari widget lar bilan bir xil emas, ya`ni ular Android qurilmaning bosh
ekranida joylashga olmaydi.
Dostları ilə paylaş: