1. Odob -axloq tushunchasi



Yüklə 240 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix13.01.2023
ölçüsü240 Kb.
#79144
1   2   3
Mavlayonova N I

2. Odob
-axloq va 
huquq
Odob-axloq va huquqning o’zaro munosabati yuristlar uchun alohida 
qiziqish tug’diruvchi ushbu ijtimoiy ko’rinishlarni o’rganishning muhim 
omillaridan biri hisoblanadi. 


Odob-axloq insonning xatti-harakatini, faoliyatini normativ tartibga 
solishning asosiy turlaridan biridir. U insonlarning umumijtimoiy qonunlarga 
bo’ysunishini ta’minlaydi. Odob-axloq ushbu vazifani boshqa jamiyatda 
o’rnatilgan normalarni o’rganish va o’zlashtirishni ta’minlashga yo’naltirilgan 
ijtimoiy fanlar bilan birgalikda amalda bo’ladi.
Odob-axloq bu – ijtimoiy hayotni tartibga soluvchi zarur, o’zaro bog’liq 
va bir-biriga singib boruvchi tizimlardir. Ular jamiyat faoliyatiga turli xil xohish-
istaklarni muvofiqlahtirish, insonlarni muayan qoidalarga bo’ysundirish yo’li bilan 
amalga oshiradi.
Axloq va huquq bitta ijtimoiy vazifani bajaradi, u ham bo’lsa jamiyatda 
insonlarning xatti-harakatlarini tartibga solishdan iborat. Ular murakkab tizimlarni 
tashkil etadi, qaysikim o’z ichiga ijtimoiy ongni (axloqiy va huquqiy), ijtimoiy 
ahamiyatli faoliyatni, normativ sohani (axloqiy va huquqiy normalar) oladi.
Normativlik bu - insonlar xatti-harakatini tartibga solishga imkon beradigan 
axloq va huquqning xususiyatidir. Bu o’rinda ularning ob’ektlari ko’p hollarda 
mos keladi. Ammo ularni taribga solish o’ziga xos usullarda amalga oshiriladi.
Huquqiy normalarga rioya qilish huquqiy tag’dirlash, jazolash, shu jumladan 
davlat majburlavi, yuridik sanktsiya maxsus davlat apparati tomonidan amalga 
oshriladi. Axloqda esa faqat ruhiy sanktsiyalar bo’lib, ular ruhiy qo’llab quvvatlash 
yoki ruhiy jazolashdan iborat.
Ijtimoiy munosabatlarning birligi o’z-o’zidan huquqiy va axloqiy 
tizimlarning birxilligini belgilaydi. Axloq bilan huquq doimo o’zaro aloqada 
bo’ladi. Huquq axloqqa zid bo’lmaydi. O’z navbatida huquq axloqiy normalarning 
hakllanishiga ko’maklashadi.
Axloq va huquq insoniyatning ruhiy madaniyatining ajralas qismlaridir. 
Axloq va huquq bir turdaligi holatida ularning muayyan bir jamiyatda bu ijtimoiy 
tartibga soluvchilar o’rtasida farqlar ham borligini ko’ramiz.
Axloq va huquq quyidagilarda farqlanadi:
1) tartibsolishning ob’ektida;
2) tartibga solish usulida;
3) tegishli normalarning bajarilishini ta’minlash usullari, yani sanktsiya 
xususiyatlari bilan farqlanadi.


Huquq faqat ijtimoiy muhim xatti-harakatlarni tartibga soladi. Masalan, huquq 
insonning shaxsiy hayotiga aralashmaydi. Aksincha u bunday aralashishishdan 
qo’riqlaydi, himoya qiladi.
Etika (
yun.
 ἠθική [φιλοσοφία] - „axloq falsafasi―, yun. ἤθος (ētos) - „odat―) shaxs 
yoki jamiyat odatlarini, 
axloq
 normalarini oʻrganuvchi hamda 
belgilovchi 
falsafiy
 tadqiqotdir. U „toʻgʻri―-"notoʻgʻri", 
„yaxshi―
-
„yomon―
 tushunchalarini 
tahlil
 qiladi. Etika meta-etika (etika 
konseptlari), normativ etika (etik qiymatlarni belgilash) va amaliy etika (etik 
qiymatlarni ishlatish) boʻlimlaridan iborat. 
Etika (yun. yegpoz — xulq, odat) — axloq va uning shaxs hamda jamiyat 
hayotidagi oʻrnini oʻrganuvchi falsafiy fan. E. axloqshunoslikning falsafiynazariy 
muammolarini va axloqqa doir didaktikamaliy asarlarni oʻz ichiga oladi. U 
insoniyat oʻz tajribasi orqali erishgan donishmandlik namunalarini hikoyatlar, 
hikmatlar, naqllar, maqollar tarzida bayon etadi, kishilarga axloqning mohiyatini 
tushuntirib, falsafiy xulosalar chiqaradi, ularga axloqiy qonunqoidalarni oʻrgatadi. 
E.ning quyidagi mezoniy tushunchalari — kategoriyalari bor: fazilat va illat, 
yaxshilik va yomonlik, halollik, rostgoʻylik, kamtarlik, adolat, burch, vijdon, 
nomus, ideal, baxt, hayotning maʼnosi va boshqalar Axloq inson va jamiyat 
hayotining barcha (shaxsiy, jamoaviy, kasbiy va h.k.) jabhalarini qamrab olganligi 
tufayli uni oʻrganuvchi E. barcha fanlar bilan aloqador. Ayniqsa, uning maʼnaviyat 
tizimidagi fanlarga taʼsiri katta. E.ning estetika bilan bogʻliqligi sanʼat vositasida 
roʻy beradi; har bir sanʼat asarida axloqning dolzarb muammolari koʻtariladi, 
sanʼatkor oʻz davri axloqiy darajasini va unga munosabatini badiiy qiyofalar orqali 
bevosita yoxud bilvosita aks ettiradi. Demak, estetika oʻrganayotgan har bir badiiy 
asar ayni paytda E. nuqtai nazaridan ham tadqiq etilayotgan boʻladi. E.ning 
dinshunoslik bilan munosabati har ikkala fanning axloqiy mezonlar muammosini 
hal etishga qaratilgani bilan bogʻliq. Bunda din — vosita, axloq — maqsad tarzida 
namoyon boʻladi. Har bir dinning muqaddas kitobi xudoning bandalarini ham 
eʼtiqodiy, ham axloqiy insonlar qilib tarbiyalashga yoʻnaltirilgan. Shuningdek, 
komil inson muammosi har ikkala fan uchun umumiy hisoblanadi; farq shundaki, 
E. bu muammoga zamonaviy tarbiya nuqtai nazaridan yondashadi. E. 
huquqshunoslik bilan chambarchas bogʻliq; koʻp hollarda axloqiy va huquqiy 
meʼyorlar mohiyatan bir xil boʻladi, ular faqat yondashuvda — sanksiyalarning 
joriy etilishidagi usul orqali farqlanadi. Shunga koʻra, axloqni jamoatchilik 
asosidagi huquq, huquqni esa qonuniylashtirilgan axloq deb atash mumkin. E.ning 
huquqshunos odobi deb atalgan maxsus sohasi ham mavjud. E. oʻzining nazariy va 
ayniqsa, amaliy jihatlari bilan ped. fanining asosi hisoblanadi; taʼlim tizimidagi 
taʼlimtarbiya oʻzini har qadamda axloqiy tarbiya sifatida namoyon qiladi. 


Shuningdek, E. psixologiya, sotsiologiya, siyosatshunoslik, ekologiya kabi qator 
fanlar bilan ham mustahkam aloqador, ular muammolarini hal qilishda axloqiy 
nuqtai nazar, axloqshunoslik nazariyalari muhim ahamiyatga ega. 
E.ga doir dastlabki tushunchalar shumerliklarning „Me― qonunlar majmuida 
uchraydi. Undagi „namlul― tushunchasi insonparvarlik, ezgulik maʼnolarini 
anglatgan. Bobil podshosi Xammurapi qonunlarida, „Pxatoten oʻgitlari―, „Misr 
mayyitlar kitobi―, Avesto kabi qadimiy yodgorliklarda axloqiy tamoyillar va 
meʼyorlar qonunlar, eʼtiqodiy daʼvatlar shaklida berilgan; Hindistonning 
„Manuqonunlari―, „Dhammapada―, „Patanjali― kabi yodgorliklarida esa pandnoma 
va hikmat usuli ustuvor. qadimiy Xitoy daochidonishmandlari insonni tabiatning 
bir qismi sifatida olib qaraydilar va uning vazifasi fazilat yoʻlidan borish ekanini, 
barcha yovuzliklar, baxtsizliklar insonning tabiat joriy etgan qonunlardan 
chekinishi oqibati ekanini taʼkidlaydilar. Konfutsiy va uning izdoshlari fazilat 
egasi boʻlishni urf-odatlarga soʻzsiz boʻysunishda koʻradilar. qadimiy Sharqdagi, 
xususan, Misr va Hindistondagi axloqiy gʻoyalar, qarashlar antik davr estetikasiga 
ilmiynazariy asos boʻldi; yunon mutafakkirlari Sokrat va Platon qarashlarida 
ilohiylik axloqning asosi, insonga axloqiylik azaldan berilganligi taʼkidlansa, 
Aristotel inson kamolotga bilish faoliyati, voqelikka faol munosabati orqali, hirsu 
ehtiroslar ustidan hukmronlik qila olishi tufayli erishadi, deydi. Sitseron, Seneka, 
Epiktet singari qadimiy Rim axloqshunoslarining qarashlarida esa qullik, erk, 
hayotning maʼnosi, baxt muammolari oʻrtaga tashlanadi. Oʻrta asrlar E.sida 
qadimgi Sharq mutafakkirlari (Roziy, Forobiy, Ibn Sino, Ibn Rushd) asarlari va 
fikhiy tasavvufiy yoʻnalishlarda Abu Lays Samarqandiy, Gʻazzoliy, Rumiy, 
Aziziddin Nasafiy, Navoiy, Koshifiy tomonidan yozilgan kitoblar E. taraqqiyotiga 
katta hissa boʻlib qoʻshildi; Uygʻonish davri faylasuflari oʻz axloqiy qarashlarida 
ulardan samarali foydalandilar (Valla, Monten). Bu taʼsirni yangi davr 
axloqshunosligida ham yaqqol sezish mumkin; Gobbs, Spinoza, Gelvetsiy, Golbax, 
Russo kabi maʼrifatchilar axloqning shaxs va jamiyat hayotidagi oʻrniga, 
demokratik oʻzgarishlarning axloqiy ildizlariga eʼtiborni qaratdilar. Bu davrda 
nemis mumtoz axloqshunosligi alohida ahamiyatga ega boʻddi; u bir tomondan 
ratsional nazariyalarni (Kant, Shiller, Fixte, Shelling, Gegel, Feyerbax), 
2tomondan, noratsional qarashlarni (Kyerkegor, Shopengauer, Nitsshe) oʻrtaga 
tashladi; Kant burchga asoslangan imperativ (qatʼiy amr) gʻoyasini ilgari surdi, 
Gegel axloqning miqyosiyligini, huquqning asosi, jamiyatning qoni va joni 
ekanini, Feyerbax axloqiy xattiharakatlarda hissiyotning, ayniqsa, muhabbat 
hissining ahamiyatini taʼkidladilar. Noratsional yoʻnalish tarafdorlari insonni 
tushunchalar (aql) yordamida bilish mumkin emasligini, yovuzlikning ezgulikdan 
gʻolib kelayotganligi axloqsizlikni axloqiy niqob bilan berkitishga doimiy urinish 
bilan bogʻliqligiga, inson ixtiyor iskanjasida, manfaat va hukmronlik yoʻlida hech 


narsadan toymaydigan jonzotga aylanib borayotganiga diqqatni qaratdilar. 19-
asrning 2-yarmi — 20-asr boshlaridagi rus mumtoz axloqshunosligi axloqiylikni 
diniylik bilan yaxlitlikda olib qaradi (V.Solovyov, F.Dostoyevskiy, N.Berdyayev, 
B.Visheslavsev), ezgulik bilan yovuzlikning dialektik aloqadorligi masalasini 
oʻrtaga tashladi. Etik tafakkurlar tarixida axloq tabiati haqidagi turli taʼlimotlar 
vujudga kelgan (qarang 
gedonizm

evdemonizm

utilitarizm
). Hozirgi paytda 
gʻayrizoʻravonlik axloqshunosligi (Gandi, King, Sharp, Guseynov) muhim 
ahamiyatga ega. U yovuzlikka qarshi zoʻravonlik ishlatmasdan kurashishni tavsiya 
etadi — terror qilish, qon toʻkish, isyon koʻtarish bilan emas, muhabbat, 
kechirimlilik, yuksak axloqiylik, ezgu ixtiyor va iroda vositasida ish tutish lozim. 
Shuningdek, bugungi kunda hayotga ehtirom yoki universal E. (A.Shveyser), yangi 
tasavvuf E.si (M.Qutqu, M.Joʻshon) insoniyat oldiga dolzarb axlokiy vazifalarni 
qoʻymoqda. Hayotga ehtirom insondan mavjudlikdagi har bir jonzotga — 
oʻsimlikka ham, hayvonlarga ham oʻz hayoti kabi oliy qadriyat deb qarashni talab 
etsa, yangi tasavvuf axloqshunosligi industrial jamiyatda nafsga qarshi 
kurashishning muhimligini isbotlab beradi. 
Endilikda E. oldida qator global muammolar turibdi; insoniyat hozir noosfera 
(texnikaviy muhit)da yashab, biosfera (biologik muhit)dan tobora uzoqlashib 
bormoqda, inson tafakkuri vujudga keltirgan fantexnika taraqqiyoti endilikda 
insonning oʻziga, uning mavjudligiga qarshi xavf sifatida ham maydonga 
chiqmoqda: atom, vodorod, neytron bombalarning, yadroviy kallakli ballistik 
raketalarning yaratilishi, olamiy okeanning, yer osti va yer usti suvlarining 
zaharlanishi kabi hodisalar ekologik tozalikdan ham koʻra axloqiy poklikni talab 
qilmoqda. Klonlashtirish, bir inson aʼzosini boshqa insonga koʻchirib oʻtkazish, 
evtanaziya (bemorning oʻz oʻlimini.tezlashtirish toʻgʻrisidagi iltimosini qondirish) 
va boshqalar muammolar ham axloqiy aralashuvga muhtoj. 
Oʻzbek milliy E.si boshqa falsafiy fanlar kabi mintaqaviy tabiatga ega boʻlib, 
uning ildizlari Avestot borib taqaladi. Avestoda ilgari surilgan 3 fazilat — ezgu 
fikr, ezgu soʻz, ezgu amal yaxlitligidan iborat axloqiy gʻoya barcha davrlar oʻzbek 
E.si uchun umumiy tadqiqiy asos boʻlib keldi. Tasavvufiy E.da mazkur yaxlitlik 4 
fazilat yaxlitligi (ezgu fikr, ezgu soʻz, ezgu amal va maʼrifat) shaklida namoyon 
boʻldi (Aziziddin Nasafiy, Koshifiy). Naqshbandiya tariqati axloqshunosligida esa 
asosiy eʼtibor insonning zamon va makondagi roliga, axloqiy xattiharakatning 
zamon ehtiyojlarini hisobga olishi, ilohiy va insoniy fazilatlarning uygʻunligi 
masalasiga qaratildi (Bahouddin Yaaqshband, Alisher Navoiy). Oʻrta asrlar oʻzbek 
E.sida nazariy fikrlar bilan pandnoma usulidagi hikoyatlar omuxtaligi koʻzga 
tashlanadi (Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Yassaviy, Poshshoxoja). Bu 
jihatdan temuriylar davridagi pandnomalar, ayniqsa, Navoiyning „Mahbub 


ulqulub― asari noyob hisoblanadi. Keyingi davrlardagi eng eʼtiborli pandnoma 
Gulxaniyshsht „Zarbulmasal― asaridir. Jadidchilik harakati davrida 
axloqshunoslikka eʼtibor yanada kuchaydi; jadidlar milliy ozodlikka erishish 
yoʻlini xalq axloqiy darajasini va maʼrifatni yuksaltirishda koʻrdilar; Anbar 
Otinning „Qarolar falsafasi―, Avloniyshtg „Turkiy Guliston yoxud axloq―, Fitratnit 
„Najot yoʻli―, „Oila― asarlarida shaxs axloqiy hayotining jamiyat taraqqiyotiga 
taʼsiri, yangicha turmush tarzining axloqiylik bilan bogʻliqligi masalalari koʻtarildi. 
Axloqiylikni sinfiylik va partiyaviylik kabi tamoyillarga boʻysundirgan shoʻrolar 
davri E.si soxta fan sifatida oʻz vazifasini oʻtay olmadi. Oʻzbekiston mustaqillikka 
erishgandan soʻng, kechmish axloqiy qadriyatlari, anʼanaviy urf-odatlar, milliy va 
axloqiy tamoyil hamda meʼyorlar jamiyatda oʻz oʻrnini egallagach, E. fani ham 
taraqqiyot yoʻliga kirdi, E. tarixi va nazariyasiga doir yirik tadqiqotlar eʼlon qilindi 
(Y.Jumaboyev, E.Yusupov). Oʻzbekiston milliy untida etika va estetika kafedrasi 
mavjud; barcha oliy oʻquv yurtlarida E. fani oʻqitiladi. Hozirgi paytda olimlar 
(X.Shayxova, A.Sher, F.Zagritdinova, M.Mahmud va boshqalar) E. tarixi va 
nazariyasining dolzarb muammolariga doir yangi tadqiqotlar olib bormoqda. 

Yüklə 240 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin