1.Odob, xulq, axloq tushunchalariga ta’rif bering.
2.Etikaning asosiy kategoriyalarini ko’rsating.
3.Etiket deganda nimani tushunasiz.
4.Estetik ong shakllarini tushuntiring.
5.Estetika kategoriyalariga ta’rif bering.
1. Odob
-axloq
tushunchasi
Odob-axloq (moral) (lotincha ―moralis‖
- axloqiy; ―mores‖ - fe’l-atvorlar)
odamning xulqini normativ tartibga solishning usullaridan biri, ijtimoiy ongning
alohida shakli va ijtimoiy munosabatning korinishi hisoblanadi.
Odobning bir
nechta tavsiflari bor bolib, uning o’ziga xos xususiyatlarini ifodalaydi. Odob-axloq
jamiyatda odamlarning yurish-turishini tartibga solish usullaridan biri hisoblanadi.
U o’zida kishilarning ushbu jamiyatda yaxshilik va yomonlik, adolat va
adolatsizlik, loyiqlik va noloyiqlik haqida qabul qilingan
tushunchalarga muofiq
o’zaro munosabatlarining xususiyatini belgilavchi norma va tamoillarni ifodalaydi.
Odob-axloq talablariga rioya qilishlik ruhiy ta’sir kuchi bilan, jamoat fikri,
insonning ichki ishonchi, vijdoni bilan ta’minlanadi.
Odob-axloqning o’ziga
xosligi shundan iboratki, u odamlarning yurish-
turishini hayotning barcha jabhalarida, ya’ni
ish faoliyatidagi, oiladagi, kishilar
o’rtasidagi va boshqa munosabatlarda tartibga solib boradi.
Odob-axloq guruhlar
va davlatlararo munosabatlarga ham joriy etiladi.
Odob-axloq tamoillari umumhususiyatga ega bo’lib, barcha insonlarni
qamrab oladi, jamiyatning tarixiy rivojlanis jarayonida yaratiladigan o’zaro
munosabatlari madaniyatining asosini mustahkamlaydi.
Insonning har qanday harakati, muomalasi turli mazmunda-huquqiy, siyosiy
yoki boshqa bo’lishi mumkin, ammo uning xulqiy tomoni, axloqiy mohiyati bir xil
daraja korsatkichida baholanadi.
Odob-axloq normalari jamiyatda an’analar kuchi, umumtanolingan va
barcha tomonidan qo’llab-quvvatlanadigan
tartib-intizom, jamoatchilik fikri bilan
qayta ishlanib boraveradi. Odob-axloq normalariga rioya qilinishi barcha
tomonidan nazorat qilinadi.
Odob-axloqda javobgarlik ma’naviy va yuksak bo’ladi, yani xatti-harakatni
qoralaydi yoki ma’qullaydi, axloqiy baho berish shaklida bo’lib
odam avvalo
anglab olishi, dildan qabul qilishi va bunga mos holda o’zining xatt-harakatlarini
tartibga solishi va yo’naltirishi lozim bo’ladi. Bunday baho berish umume’tirof
etilgan norma va tamoillarga, barcha tomonidan qabul
qilingan zarur va zarur
bo’lmagan, loyiq va loyiq bo’lmagan va boshqa tushunchalarga mos bo’lishi
kerak.
Odob-axloq albatta insoniyatning turmushiga, insonniy ehtiyoji mohiyatiga
bog’liq bo’ladi, ammo ijtimoiy va individual ong darajasi bilan belgilanadi.
Jamiyatda insonlarning xatti-harakatini boshqa shakllar qatorida odob-axloq
ham ko’plab individlarning faoliyatlarini muvofiqlashtirishga, uni muayan ijtimoiy
qonunlarga bo’yinsungan birlashgan umumiy faoliyatga
aylantirishga xizmat
qiladi.