KIRISH
Hozirgi kunda ta‟lim tizimiga katta e‟tibor berilmoqda.
Buning isboti
sifatida Prezidentimizning qarorlari, yoshlarni bo„sh vaqtini samarali o„tkazish uchun
besh muhim tashabbus va “Yoshlarga oid davlat dasturi”ning tashkil etilganligi
bunga yaqqol misol bo„ladi. Har bir sohada qo„llaniladigan kompyuterning
imkoniyatlaridan keng foydalanishga e‟tibor berilmoqda.
Bunga yaqqol misol qilib,
besh muhim tashabbusning uchinchi tashabbusi “Aholi va yoshlar o„rtasida
kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish”
haqidadir.
Informatika fani tabiat va jamiyatda kechayotgan jarayonlarni o„rganish va tahlil
etishda asosiy vositalardan biri sifatida e‟tirof etiladi. Ushbu vositalarning
imkoniyatlaridan samarali va tez suratlar bilan
foydalanishni kompyuter
texnologiyalarining zamonaviy yutuqlarisiz tasavvur etib bo„lmaydi.
XXI asr texnologiyalar asri, texnika bilan boyitilgan, kompyuter
vositachiligidagi asrdir.Endi inson uchun tabiiy hayotda yashash yetarli emas, u
texnologik taraqqiyotga imkon beruvchi boy tajribalarni yaratishni istaydi. Bunday
yangiliklardanbirito„ldirilgan voqelik (AR) bo„lib, u insonlarga
turli tadqiqotlarni
o„tkazish, laboratoriya ishlarini bajarish, taniqli insonlar bilan raqsga tushish, uzoq
mamlakatlarga
sayohat qilish, boshqa sayyoralarni ziyorat qilish, hatto o„z vaqtini
orqaga qaytarish imkoniyatlarini beruvchi texnologiyadir.Kengaytirilgan
haqiqat
texnologiyalari nisbatan yaqinda paydo boʻldi,terminologiya hali aniqlanmagan, bu
“Kengaytirilgan,virtual va boshqa voqeliklar” maqolasida batafsil tavsiflangan.
Vikipediya quyidagi Kengaytirilgan voqelik (augmented reality, AR) atrof-muhit
toʻgʻrisida maʼlumotni toʻldirish va maʼlumotni idrok qilishni yaxshilash maqsadida
har qanday sezgir maʼlumotlarni idrok sohasiga kiritish natijasidir.