O’zbekiton respublikasi oliy va o’rta talim vaziRLİGİ berdaq nomidagi qaraqolpoq davlat universiteti



Yüklə 405,43 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/53
tarix19.01.2023
ölçüsü405,43 Kb.
#79741
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
 
 


2-mavzu: İShLAB ChİQARİSh JAMOASİNİ BOShQARİSh 
 
Reja: 
1. Jamoa tushunchasi va tuzilmasi 
2. İshlab chiqarish jamoasini boshqarish bosqichlari 
 
Tayanch iboralarİshlab chiqarish jamoasi, ishlab chiqarish jamoasining maqsadi, ishlab chiqarish 
jamoasi rasmiy va norasmiy bo’lishi, boshqaruv, rahbar (boshqaruvchi)lar, jamoani boshqarish.
 
Jamoa tushunchasi va tuzilmasi 
İshlab chiqarish jamoasi bu — menejer rahbarligida faoliyat yurituvchi, ko’zlangan 
maqsadlarni amalga oshirish uchun shakllangan, uyushgan xizmatchilar guruhi. İshlab chiqarish 
jamoasi maqsadlarning mushtarakligi, umumiy tartib qoida, o’zaro yordam va hamkorlik asosidagi 
faoliyat bilan tavsiflanadi. İshlab chiqarish jamoasining faoliyati umumiy maqsadga erishish uchun 
o’zgartirilishi mumkin. Maqsadning birligi kollektivning muxim xususiyati bo’lib xisoblanadi. 
İshlab chiqarish jamoasining maqsadi jamiyat ehtiyoji va qiziqishidan kelib chiqadi. Maqsadi jamoa 
hamma azolari uchun aniq va tushunarli bo’lib, maqsadi va meyor birligidan jamoaning xohish 
birligi kelib chiqadi. 
İshlab chiqarish jamoasini boshqarish bosqichlari 
Yirik korxonalarning rahbarlari malum bir vazifani bajarsalar-da, bu ular faqat bir ish bilan 
mashg’ul degani emas. Yirik korxonalarda rahbarlar ishi aniq belgilanibgana qolmay, balki 
boshqaruv vazifalarining hajmi taqsimlanishi ham kerak. 
Boshqaruv vazifalari taqsimlashining bir turi ufqiy tavsifga ega: alohida bo’limlarga 
muayyan rahbarlarni qo’yish (masalan, ko’pchilik korxonalarda rejalashtirish bo’limi, texnik 
bo’lim, marketing xizmati bo’limi boshliqlari, bosh mexanik mavjud). İshlab chiqarishni yo’lga 
qo’yish uchun mehnat ufqiy taqsimlangan korxona, o’z faoliyatida muvaffaqiyatga erishishi uchun 
ufqiy taqsimlangan boshqaruv vazifalari bir-biriga muvofiqlashtirilgan bo’lishi kerak. 
Bazi rahbarlarning vaqti o’zidan quyi rahbarlarning ishlarini muvofiqlashtirishga ketadi, 
ayni paytda bu rahbarlar o’zidan quyi rahbarlarning mehnatini muvofiqlashtiradi. 
Mehnatning bunday tik taqsimlanishi boshqaruv bosqichlarini anglatadi. 
Boshqaruvning nechta bosqichi borligidan qatiy nazar, rahbarlar ananaviy ravishda uchta 
toifaga - quyi bo’g’in, o’rta bo’g’in, yuqori bo’g’in rahbarlariga bo’linadi. 
T. Parson bo’yicha, quyi bo’g’in rahbarlari (texnikaviy daraja) bevosita ishchilar va boshqa 
ishlovchilarga rahbarlik qiladi va asosan ishlab chiqarish jamoasi samarali ishlashini taminlash 
uchun zarur kundalik mehnat jarayonini amalga oshiradilar (bajarilayotgan vazifalar to’g’ri ekanligi 
haqida axborot bilan taminlash uchun ishlab chiqarish vazifalarining bajarilishini nazorat qiladilar, 
ularga bo’lib berilgan resurslar — xomashyo va uskunalardan to’g’ri foydalanish uchun 
javobgardirlar. Usta, navbatma-navbat, bo’lim boshlig’i, katta hamshira, kafedra mudiri quyi 
bo’g’in rahbarlari qatoriga kiradi. Quyi bo’g’in rahbarining mehnati ancha murakkab va turli-
tuman. Unga tez-tez uzilishlar, bir vazifadan ikkinchisiga o’tish xos. 

Yüklə 405,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin