Omon matjon ijodida qush obrazi


International Conference on Developments in Education



Yüklə 244,33 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix21.01.2023
ölçüsü244,33 Kb.
#80040
1   2   3
66 (1)

International Conference on Developments in Education 
Hosted from Toronto, Canada 
httpseconferencezone.org 
 
April 15
th
 -16
th
2022 
207 
beradi. “Alpomish” dostonida ham g’oz obrazi keltiriladi va Alpomish bilan uning savol-javobidan qushning 
qanday ramzni ifodalashi ochiqlanadi: 
“O’zginamni baland tog’dan juchirdim, 
Pok bo’lmasa ajal to’nin bichirdim, 
Nima qilay Xudoyimning hurmati
Bo’zlab qolgan Boybo’rining hurmati, 
G’arib bo’lgan yolg’izliging hurmati, 
Qilgan gunohingni endi kechirdim”.
2
G’ozning Alpomoshga bergan javobidan ko’rinadiki, g’oz Alloh tomonidan Alpomishga yuborilgan 
yordamchi, elchi bo’lib, u qahramonga muhim xabarni yetkazuvchi mifologik obrazdir. Omon Matjon ijodida 
ham qushlar obrazi alohida o’rin egallaydi. Shoir ijodida sof satiric yoki yumoristik asarlar kam uchraydi. 
Mana shu yo’sindagi she’rlarining ko’pchiligida qushlar asosiy qahramon qilib olinadi. Xususan, “Xafa 
xo’roz”, “Hoy qarg’avoy” kabi she’rlari shular jumlasidandir. Shoirning “Sena bo’yida qush bozori” she’rida 
erksizlik kuylanadi. Fransiyaning Sena daryosi bo’yida tashkil qilingan qush bozorida qushlarning har xil turi 
borligi, ularning qaysisidir boshiga tushgan bu ishga ko’nikkan bo’lsalar, ba’zilarining bu ishdan afsusda 
ekanliklari tasvirlangan. Bilamizki qushlar timsolida ozodlik, hurlik ramzi yoki yuksaklikka parvoz qilish 
tushunchalari ifodalanadi. Shoirning bu she’rida esa qushlar erki cheklangan inson timsolida keladi. She’rning 
so’ngi bandini esa kulminatsion qism desak mubolag’a bo’lmaydi: 
Qush bozorin kezgan kishi 
Bir hikmatni ko’p eslar: 
Qushlar uchun hamma yerda 
Bir xil ekan qafaslar…
3
Ushbu misralarda qush xoh shoh saroyida bo’lsin, xoh faqirning uyida bo’lsin qafasda yashasa, demak, u 
uchun yashashining ma’nisi yo’q. chunki qushlar yuksaklarga parvoz etish uchun yaratilgan. Xuddi shunday 
inson ham qayerda bo’lishidan qat’iy nazar uning erki o’z qo’lida bo’lmasa, hamma yer u uchun birday qafas 
vazifazini o’taydi. “Fonteble qasri tovuslari” she’rida ham qushlar obrazi qollaniladi. Tovuslar obrazi orqali 
ikki xil toifa insonlarni ochib beradi:
Qiziq, ichkarida ularga ne bor, 
O’rgamchik rizqningmi yo ilinjida? 
Yo bular ta’magir qavmdan yodgor,
Tinchgina kun ko’rgan saroy pinjida? 
Ushbu misralar orqali shoir jamiyatdan ajralgan va o’z manfaatini o’ylaydigan’ moddiy manfaatlari yo’lida 
yuqori tabaqa vakillari pinjida yashaydigan insonlar toifasi kuylanadi. Oxirgi bandda esa bosqinchilik, talon-
tarojlik avj olgan zamonlarda go’zallik va ilmning bir chetda qolishi kabi g’oyalar aks etadi: 
Bu qushlarni ko’rib, jonu tanimdan 
Bo’lak bezovtalik o’tdi va hadik: 
Bosqinchi zobitlar anjumanidan 
Doim tashqarida qolar go’zallik.
4
Shoirning “Haqqush qichqirig’i” to’plamidan o’rin olgan “Samandar” va “Muallaq to’rg’ay” she’rlarida ham 
qushlar obrazi orqali shoir o’z hayot xulosalari, fikr-g’oyalarini ifodalaydi. Xususan, “Muallaq to’rg’ay” 
she’rida sobiq mustabid tuzumning illatlari shahar qurish uchun uning poydevoirini yerdan emas, balki, 
fazodan qo’yishni taklif etgan, keksa ajdodlarning hayotiy xulosalariga quloq solmagan va bu orqali necha 
yillab umri samarsiz ketgan xalq, yer va samo o’rtasida muallaq qolgan avlod kuylanadi. Quyidagi misralar 
esa bu fikrlarning tasdig’i bo’la oladi; 
Daho to’rg’ay bir yuksakka 
Chiqib turdi muallaq. 
“Ishga olg’a, tez bo’l”larga 
2
Alpomish. Aytuvchilar: Po’lkan shoir va Ergash Jumanbulbul o’g’li, yozib oluvchi: Muhammad Isa Ernazar o’g’li. Nashrga 
tayyorlovchi: To’ra Mirzayev, Zubayda Husainova-T.,1998,131-bet. 
3
Matjon Omon. “Ming bir yog’du”. T,. 1998, 39-bet. 
.
4
Matjon Omon. “Ming bir yog’du”. T,. 1998, 43-bet 



Yüklə 244,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin