Tarbiyaviy maqsadi: matematika faniga bo‘lgan turg‘un qiziqishni tarbi-yalash;
o‘quvchilarni ahloqiy, ma’naviy-ma’rifiy,
iqtisodiy, estetik va ekologik tarbiyalash
(masalan, mehnatsevarlik, burch xissi, go‘zallik, ziyraklik,
iroda va chidamlilik kabi
xislatlarni tarbiyalash); o‘quvchilarning matematik tafakkur va qobiliyatlarini
rivojlantirish, ularda matematik madaniyatni shakllantirishdan iborat.
Matematika o‘qitishning
tarbiyaviy maqsadi o‘z oldiga quyidagilarni qo‘yadi:
a) o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish. Bu g‘oya bilish nazariyasi
asosida amalga oshiriladi;
b) o‘quvchilarda matematikani o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlami tarbiyalash.
Ma’lumki, matematika darslarida o‘quvchilar o‘qishning dastlabki kunlaridanoq
mustaqil ravishda xulosa chiqarishga o'rganadilar. Ular avvalo kuzatishlar natija- sida,
so‘ngra esa mantiqiy tafakkur qilish natijasida xulosa chiqaradilar. Ana shu chiqarilgan
xulosalar matematik qonuniyatlar bilan tasdiqlanadi. Matematika o‘qituvchisining
vazifasi o‘quvchilarda mustaqil mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish bilan
birga ularda matematikaning qonuniyatlarini o'rganishga bo'lgan
qiziqishlarini
tarbiyalashdan iboratdir;
d) o‘quvchilarda matematik tafakkurni va matematik madaniyatni shakllan- tirish.
Matematika darslarida o‘rganiladigan har bir matematik xulosa qat’iylikni talab qiladi,
bu esa o‘z navbatida juda ko‘p matematik tushuncha va qonuniyatlar bilan ifodalanadi.
O‘quvchilar ana shu qonuniyatlarni bosqichma-bosqich o‘rganishlari davomida
ularning mantiqiy tafakkur qilishlari rivojlanadi, matematik xulosa chiqarish
madaniyatlari shakllanadi. O‘quvchilarni biror matematik
qonuni - yatni ifoda
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
961
qilmoqchi bo‘lgan flkrlarni simvolik tilda to‘g‘ri ifodalay olishlari va aksincha
simvolik tilda ifoda qilingan matematik qonuniyatni o‘z ona tillarida ifoda qila
olishlariga o‘rgatish orqali ularda matematik madaniyat shakllantiriladi.
Matematika o‘qitishning
amaliy maqsadi o‘z oldiga quyidagi vazifalarni qo‘yadi:
a) matematika kursida olingan nazariy bilimlarni kundalik hayotda uchraydigan
elementar masalalani yechishga tatbiq qila olishga o‘rgatish. Bunda asosan
o‘quvchilarda nazariy bilimlarni amaliyotga bog‘lay olish
imkoniyatlarini tarkib
toptirish, ularda turli sonlar va matematik ifodalar ustida amallar bajarish malakalarini
shakllantirish va ularni mustahkamlash uchun maxsus tuzilgan amaliy masalalami hal
qilishga o‘rgatiladi;
b) matematikani o'qitishda texnik vosita va ko'rgazmali qurollardan foydala- nish
malakalarini shakllantirish. Bunda o‘quvchilarning matematika darslarida texnika
vositalaridan, matematik ko'rgazmali qurollar, jadvallar va hisoblash vositalaridan
foydalana olish malakalari tarkib toptiriladi;
d) o‘quvchilarni mustaqil ravishda matematik bilimlarni egallashga o‘rgatish.
Bunda asosan o'quvchilami o‘quv darsliklaridan
va ilmiyommaviy matematik
kitoblardan mustaqil o‘qib o‘rganish malakalarini shakllantirishdan iboratdir. Amaliy
maqsadi:olingan bilimlarni oddiy hayotiy masalalarni yechishga, boshqa o’quv
fanlarni o‘rganishda qo‘llay olish ko’nikmalarini shakllantirish; matematik asboblar va
jihozlardan foydalana olishga o’rgatish; bilimlarni mustaqil egallay olish
ko‘nikmalarini tarkib toptirish.
Matematika o‘qitish metodikasining boshqa fanlar bilan aloqasi.
Ma’lumki, matematika o‘qitish metodikasi fani pedagogika fanining ma’lum bir
bo‘limi bo‘lib, u matematika fanini o‘qitish qoidalarini o‘rganish bilan shug‘ul- lanadi.
Matematika o‘qitish metodikasi matematika fanini o‘qitish qonuniyatlarini o‘rganish
jarayonida pedagogika, mantiq,
psixologiya, matematika, lingvistika va falsafa fanlari
bilan uzviy aloqada bo‘ladi. Boshqacha aytganda, maktabda mate-matika o‘qitish
muammolari mantiq, psixologiya, pedagogika, matematika va falsafa fanlari bilan
uzviy bog‘liqlikda hal qilinadi. Matematika o‘qitish metodikasining metodologik asosi
bilish nazariyasiga asoslangandir. Matematika metodikasi fani matematik ta’limning
maqsadi, mazmuni, formasi, uslubi va uning vositalarini dars jarayoniga tatbiqiy
qonuniyatlarini o‘rganib keladi.
Matematika fani fizika, chizmachilik, kimyo va
astronomiya fanlari bilan ham uzviy aloqada bo‘ladi. Matematika fanining boshqa
fanlar bilan uzviy aloqasi quyidagi ikki yo‘l bilan amalga oshiriladi: 1)
matematika
tizimining butunligini buzmagan holda qo‘shni fanlarning dasturlarini moslashtirish;
2) boshqa fanlarda matematika qonunlarini, formulalarini teoremalarni o‘rganish bilan
bog‘liq bo‘lgan materiallardan matematika kursida foydalanish. Hozirgi vaqtda
matematika dasturini boshqa fanlar bilan moslashtirish masalasi ancha muvaffaqqiyatli
hal qilingan.
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
962