tushunchaning mohiyatini to‘laroq ifoda etadi? Bu masalani, qaysi variant ma’qul bo‘lishdan
qat’iy nazar, hayotning o‘zi, til elementlaridan foydalanish jarayoni hal qiladi, albatta. Lekin
bunday
tavsiyalarning berib borilishi, tavsiya etilayotgan variantlarning afzallik tomonlari
tushuntirib berilishi mutlaqo zarur bo‘lgan faoliyatdir. Faqat shunday yo‘l bilangina tilimiz
takomillashib, sayqallashib, so‘z ma’nolaridagi eng nozik imkoniyatlar ham reallashib boradi.
Aytilganlarning tasdig‘i sifatida bir misol keltiramiz: psixologiya faniga oid ko‘plab atamalar
shu soha mutaxassislarining tavsiyasiga binoan o‘z o‘rnini sharq ilmida qo‘llanib kelingan
atamalarga bo‘shatib berdi:
Psixologiya-ruhshunoslik, psixika-ruhiyat, psixik prosess-ruhiy
jarayon, adaptasiya-moslashish, nerv-asab, nerv sistemasi-asab tizimi, talant-iqtidor/iste’dod,
temperament-mijoz, emosiya-jo‘shqin holat /jo‘shqinlik, xarakter-xulq.
Bundan shunday xulosa qilib chiqadiki, tildagi me’yoriy holatlarni tayinlashda har bir
tilning o‘z ichki qonun-qoidalariga tayanib, ko‘pchilikka ma’qul bo‘lish-bo‘lmaslik jihatlari
e’tiborga olinishi kerak.
Shu o‘rinda yana bir misolni tahlil qilaylik. Ko‘plab atamalarning muqobillarini izlash
jarayonida
rayon so‘zi o‘rnida
nohiya , depara, tuman so‘zlari ishlatila boshlandi. Keyinchalik,
garchi so‘zning asl mohiyatiga unchalik to‘g‘ri kelmasa ham
tuman so‘zi me’yorlashdi.
Ammo, ta’kidlash lozimki, bu so‘zning birgina ma’nosi - viloyatning bir qismi bo‘lgan,
ma’lum chegaraga ega bo‘lgan, ma’muriy hudud atamasi sifatida me’yorlashdi. Ammo,
lug‘atda
rayon so‘zining umuman joy ma’nosini anglatish imkoniyati ham ko‘rsatilgan:
prigorodniy rayon - shahar atrofi rayoni, promishlenniy rayon - sanoat rayoni, zavodskoy
rayon - zavodlar rayoni, rayon voyennix deystviy - urush harakatlari rayoni, rayon boya - jang
maydoni, oboronitelniy rayon - mudofaa doirasi kabi. Bu birikmalarni qanday
me’yorlashtiramiz? Bizning ongimizda u hozircha ma’muriy hudud tarzida shakllanib turgan
ekan,
shahar atrofi tumani, zavodlar tumani, urush harakatlari tumani tarzida ham
me’yorlashib keta oladimi?
Buning ustiga, shu so‘z o‘zagidan yasalgan
rayonirovaniye, rayonirovanniy -
rayonlashtirish, rayonlashtirilgan so‘zlari bor. Masalan, biror ekin navlari urug‘ini, ya’ni biror
joyning sharoitiga eng ko‘p moslashtirilgan navlar urug‘ini rayonlashtirish.
Buni qanday
me’yorlashtiramiz?
Urug‘ni tumanlashtirish debmi yoki
urug‘ni joylashtirish,urug‘ni joylarga
moslashtirish, debmi? Harqalay, nazarimizda, masalaning yechimini o‘tayotgan vaqt topadi.
Atamalarni almashtirish va me’yorlashtirishda ro‘y berayotgan jarayonlarni tahlil qilib
quyidagi xulosaga kelish mumkin : atamalarning bir qismi tezgina almashdi, me’yorlashdi va
ommalashdi, yana bir qismi esa variantlar, dubletlar tarzida baravar ishlatilib kelinmoqda.
Atama sifatida tavsiya qilingan birliklarning ma’lum qismi esa tilda o‘z o‘rnini topmadi,
ko‘pchilik tomonidan ma’qul ko‘rilmadi.