Bo‘G‘in ustida ishlash merxanova Lazzat Sansizbayevna



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix26.01.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#80951
bo-g-in-ustida-ishlash



 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
№4 2022 
132 
BO‘G‘IN USTIDA ISHLASH 
Merxanova Lazzat Sansizbayevna 
Navoiy viloyati Zarafshon shahar 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabi 
boshlang'ich sinf o‘qituvchisi 
https://doi.org/10.5281/zenodo.7249249
 
Annotatsiya: Bo'g'in murakkab tushuncha bo'lgani uchun boshlang'ich sinflarda 
uning qoidasi berilmaydi. Dasturga ko'ra, o'quvchilarda so'zni bo'g'inlarga bo'lish 
ko'nikmasini shakllantirish vazifasi talab etiladi. O'quvchilar so'zni bo'g'inlarga 
bo'lishda so'zda nechta unli bo'lsa, shuncha bo'g'in bo'ladi, degan tushunchaga 
asoslanadilar. Bu tushunchani ular savod o'rgatish davridayoq hosil qiladilar. 
Kalit so‘zlar: Undosh va unli tovushlar, O'zbek grafikasi, ko'nikma, og'zaki va 
yozma, bo'g'in. 
Bolalar yozilgan so'zdan dastlab unli harfni topadilar, keyin so'zda nechta unli 
bo'lsa, uni shuncha qism (bo'g'in)ga bo'ladilar. 1-sinfda o'quv yilining birinchi 
yarmida og'zaki va yozma tarzda bo'g'inlarga bo'lish, shuningdek, o'qituvchi 
topshirig'iga ko'ra, muayyan bo'g'inli so'z tanlash mashqlari har darsda o'tkaziladi. 
So'zni bo'g'inlarga to'g'ri va tez bo'lish ko'nikmasini hosil qilish 1-sinfda 
o'tkaziladigan muhim mashqlar qatoriga kiradi. O'quvchilar o'qish va yozish 
jarayonini egallashda mana shu ko'nikmaga tayanadilar. O'zbek grafikasida bo'g'in 
tamoyili yetakchi tamoyil hisoblanadi. O'quvchi so'zni to'g'ri yozish uchun uni avval 
bo'g'inlarga bo'ladi. Bo'g'inlardagi tovushlarning o'zaro bir-biriga ta ’sirini aniqlaydi, 
undosh va unli tovushlarni ifodalash uchun zarur harflardan foydalanadi. O'quvchi 
quyidagicha m uhokam a yuritadi: — „Vatan" so'zida ikki bo'g'in bor. Birinchi 
bo'g'inga va; ya’ni v, a harflarini yozaman, ikkinchi bo'g'inga tan: ya’ni t, a, n 
harflarini vozaman. O'quvchi so'zni bo'g'inlarga bo'lish, bo'g'indagi har bir 
tovushning o'rnini, tartibini aniq ko'z oldiga keltirib, bo'g'inlab aytish ko'nikmasiga 
ega bo'lsa, so'zdagi harflarni tushirib qoldirmay, o'rnini almashtirmay yoza oladi. 
Shuning uchun bo'g'in ustida ishlashga so'zni bo'g'inlab ko'chirib yozish. bo'g'inlab 
diktovka bilan yozish (bo'g'inlab izohlab yozish) mashqlarini ham kiritish lozim. 
Ikkinchidan, so'zni bo‘g‘inlarga bo‘lish ko'nikmasi o'quvchilar uchun so'zning oldingi 
qatorga sig‘may qolgan qismini keyingi qatorga bo‘g‘inlab to‘g‘ri ko'chirish uchun 
zarur. O 'quvchilar „So'zlar bir yo'ldan ikkinchi yo'Iga bo'g'inlab ko'chiriladi" va „Bir 
harfdan iborat bo'g'inni oldingi yo'lda qoldirib yoki keyingi yo'lga ko'chirib bo'lm 
aydi" degan asosiy bo'g'in ko'chirish qoidalarini I sinfdayoq o'rganadilar. Oddiy 
tuyulgan birinchi qoida ham so'zni bo'g'inlarga bo'lish, bo'g'in ko'chirish qoidasiga 
mos keladigan maktab, Ra ’no, singil kabi so'zlar misolida juda ko'p mashqlar bilan 


 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
№4 2022 
133 
mustahkamlashni talab etadi. Bolalar, ayniqsa, singil, ko'ngil, tongi kabi so'zlarni 
bo'g'inga bo'lishda qiynaladilar, chunki bu so'zlarda bitta jarangli undosh tovaish ng 
harf birikmasi bilan ifodalanadi. Bu so'zlarni bo'g'inga bo'lishda bu ikki harf singlim, 
ko‘ng-lim, tong-gi so'zlaridagi kabi oldingi bo'g'inda qolishi, yoki si-ngil, ko‘-ngil, 
to-ngi so'zlaridagi kabi keyingi bo'g'inga ko'chirilishi kerak (Bir tovushni ifodalagan 
harfni ikkiga bo'lib bo'lmaydi). Keyingi qoida esa aka, ota, oila, mudofaa, mutolaa 
kabi so'zlar misolida yanada ko'proq mashq bilan o'rgatish va mustahkamlashni talab 
etadi. Bu qoidalar keyingi sinflarda yangi murakkabroq so'zlar misolida 
mustahkamlab boriladi. Dasturga ko'ra, tutuq belgili {ma’no, sun’iy kabi) so'zlarni 
bo'g'inga bo'lish va ko'chirishda tutuq belgisi har doim birinchi bo'g'inda bo'lishi, 
katta, ikki kabi ikkita bir xil undoshli so'zlarni bo'g'inga bo'lganda ikkita bir xil 
undoshning biri oldingi bo'g'inda qolishi, ikkinchisi keyingi bo'g'inga o'tishi (kat-la, 
ik-ki kabi) o'quvchilarga 2-sinfdayoq o'rgatiladi. 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 
1.K. Qosimova. Boshlang'ich sinflarda imlosi qiyin so'zlarni o'rgatish. — Т.: 
1964. 
2.R. Safarova va boshq. Savod o'rgatish darslari (Alifbeni o'qitish bo'yicha 
metodik qo'llanma). - Т.: „Ma’naviyat", 2003 
3. 
www.ziyouz.com

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin