90
3. O‘zini-o‘zi idora etish.
III.
1. Oshkoralik, xabardorlik.
2. Aniq, asoslangan ish taqsimoti.
3. Hamma jamoa a’zolari tomonidan maqsadning aniq tushunilishi.
4. Rejalashtirishda hammaning ishtirok etishi.
5. YAxshi mehnat doimo rag‘batlantirilishini tushunish. Rahbarlar tomonidan
boshqarishni aniq tashkil etishva boshqalar.
Xulosa
YUqoridagilardan kelib chiqib ta’lim boshqaruvida dolzarb bo‘lgan
motivatsiya va nazorat qilish
muammolarini muhokama etib, quyidagi xulosalarga
keldik.
Birinchi. Motivatsiyaning zamonaviy modellarini o‘zlashtirib
olgan
rahbarlargina o‘z qo‘llari ostidagi xodimlarni muassasa maqsadlariga erishishga
yo‘naltirilgan vazifalarni bajarishga jalb qilishda o‘z imkoniyatlarini sezilarli tarzda
kengaytirishlari mumkin. Rag‘batlantirish mazmun-mohiyati
xodimda nafaqat
vijdonan, balki ijodiy ishlashga, maqsadga tezroq va samaraliroq
erishish imkonini
beradigan ѐndashuvlarni faol izlashga ehtiѐj uyg‘otishdan iborat.
Ikkinchi. Ma’lumki, agar rahbar xodimlarni rejalashtirishga jalb qilsa, ish
qanday davomiylikda, qanday
usullar bilan bajarilishini, kim nima uchun javob
berishini
birgalikda hal qilsa, xodimlarga maqsad va vazifalar tushunarli bo‘lsa,
kutilgan natijaga erishiladi, ya’ni boshqarish — hamkorlikda boshqarish — o‘zini-
o‘zi boshqarish tizimi shakllanadi.
Ichki nazoratning muhim jihatlaridan biri davlat ta’lim
standartlari talablari
bajarilishi bo‘yicha nazoratni ta’minlash, ta’lim sifati monitoringini amalga
oshirishdan iboratdir.
Dostları ilə paylaş: