4
Kirish
YOsh avlodning har tomonlama etuk, bilimli, yuksak ma’naviyatli, barkamol,
vatanparvar shaxslar bo‘lib etishishini ta’minlash yo‘lida amalga oshirilaѐtgan ulkan
bunѐdkorlik ishlarining eng asosiy bo‘g‘ini sifatida pedagog xodimlarning yuqori
ilmiy
metodik bilimlarga, yuksak mahoratga ega bo‘lishi hal qiluvchi ahamiyatga
egadir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan qabul qilingan “2017-
2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi
bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”da hamda 2017-2018
yilda qabul qilgan boshqa
farmon va qarorlarida, jumladan 2018 yil 5 sentyabrdagi O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining 2018 yil 14 avgustdagi “YOshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy
barkamol
etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi
bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3907-son, 2018 yil 5
sentyabrdagi «Xalq ta’limi boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha
chora-tadbirlar
to‘g‘risida»gi
PF-5538-son
Farmoni
va
PQ-3931-sonli
qarorlaridumumiy o‘rta ta’lim
tizimini tubdan isloh qilish, ta’lim muassasini ilmiy-
metodik jihatdan samarali boshqarish va ta’lim-tarbiya sifatini ko‘tarishda
o‘qituvchilarning pedagogik faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish,
ularga pelagogik shart-
sharoitlar yaratishda rahbarning kasbiy tayѐrgarligidagi kamchiliklarni bartaraf etish
bo‘yicha asosiy ustuvor vazifalar belgilab berildi.
Ushbu maqsadning hamda belgilangan vazifalarning ijobiy yo‘nalish kashf
etishi, mamlakatni ma’naviy rivojlanishini ta’minlashi
uchun eng avvalo, o‘sib
kelaѐtgan ѐsh avlodni ilmiy bilimlar bilan qurollantirish, ularda ma’naviy tafakkurni
rivojlantirish, aqliy salohiyat ma’naviy axloqiy sifatlarni rivojlantirishni yo‘lga
qo‘yish va buning uchun ularga ta’lim tarbiya beruvchilarni zamonaviy pedagogik
texnologiyalar bilan qurollantirishga bog‘liq.
“Ta’lim muassasalarida o‘quv jaraѐnlarni boshqarish” moduli umumta’lim
maktablari o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari
malakasini oshirish
kursining o‘quv dasturi asosida tuzilgan bo‘lib, u ushbu toifa tinglovchilarga o‘quv
jaraѐnlarni boshqarishning mazmun va mohiyatini ochib beradi.
Dostları ilə paylaş: