Tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy


Modulning maqsadi va vazifalari



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/120
tarix26.01.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#80974
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120
TA’LIM MUASSASALARIDA O‘QUV JARAYONLARNI BOSHQARISH MODULI BO‘YICHA O‘QUV-USLUBIY MAJMUA

Modulning maqsadi va vazifalari  
Modulning maqsadi: maktab direktori o‘rinbosarlari ish faoliyatini samarali 
tashkil etish va uni amalga oshirish kompetensiyalarini rivojlantirishdan iborat.
Modulning vazifalari:  
- tinglovchilarda maktab boshqaruvining zamonaviy yo‘nalishlariga oid 
nazariy qarashlar, etakchi konsepsiyalardan foydalanish uchun zarur bo‘lgan bilim va 
ko‘nikmalarni shakllantirish;
- maktab boshqaruvi tizimining zamonaviy talablar asosida tashkil etilishi 
bo‘yicha xorijiy tajribani o‘rganish;
- zamonaviy talablar asosida maktab direktri o‘rinbosarlari faoliyatini 
samarali tashkil qilishga yo‘naltirish.
Modul bo‘yicha tinglovchilarning bilim, ko‘nikma, malaka va 
kompetensiyalariga qo‘yiladigan talablar  
Tinglovchi:  
ta’lim muassasasida ta’lim-tarbiya jaraѐnini tashkil etish va boshqarishga doir 
me’ѐriy hujjatlarni;



boshqaruv jaraѐnidagi muammolarni va ularning rivojlanish istiqbollarini 
tahlil qilishni;
ta’lim sifati tushunchasi, ta’lim sifatini belgilovchi omillar, ta’lim sifatini 
ta’minlashda rahbar o‘rnini;
maktabda ijro intizomining yuritilishini;
ta’limga oid normativ-huquqiy hujjatlar asosida, maktab hujjatlarini ishlab 
chiqishni, to‘g‘ri rasmiylashtirishni, ularning qonuniy yuritilishini;
davlatta’limstandartlari va pedagog kadrlarning malaka talablarini;
ta’lim sifatini monitoringi va baholashga oid me’ѐriy-xuquqiy asoslarini;
dars tahlilini, uni kuzatish va ochiq dars mashg‘ulotlari tashkil etish tartibini;
monitoring natijalarini tahlil qilish va muassasada ta’lim sifatini oshirish 
bo‘yicha qaror qabul qilishni;
o‘quvchilarni fanolimpiadalari, bilimlar bellashuvi, turliko‘rik-tanlovlarga 
tayѐrlashni;
tashqi va ichki monitoring ob’ektlarini;
o‘quvchilar bilim, ko‘nikma va malaka (BKM)laridagi bo‘shliqlarni to‘ldirish 
va o‘zlashtira olmaslikni oldini olishni;
attestatsiya va akkreditsiya borasida O‘zbekiston Respublikasida amal 
qilaѐtgan me’ѐriy-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini;
attestatsiyaning maqsad va vazifalarini bilishi;
ta’lim muassasasida ta’lim-tarbiya jaraѐnini tashkil etish va boshqarishda 
tegishli me’ѐriy hujjatlarni qo‘llay olish;
axborot-tahliliy xujjatlarning asosida ta’lim va tarbiya jaraѐnini boshqarish;
samaradorlikni amalga oshiradigan shaxs xislatlaridan foydalanish;
maktabning boshqaruv jaraѐnidagi muammolari, dolzarb masalalari, joriy va 
kundalik ishlarini bajarish;
davlatta’limstandartlari asosida o‘quvchilar bilimini monitoringini amaliѐtda 
yurita olish;
pedagogik jamoa bilimini tizimli monitoringini yuritish va ularning 
malakasini oshirishni tashkil etish;
o‘quvchilar bilimlaridagi bo‘shliqlarni aniqlash va uni bartaraf etish;
ta’lim sifatini monitoring qilishda ota-onalar qo‘mitasi, vasiylik kengashi va 
mahalla bilan samarali ishlash;
ta’lim sifati monitoringi va baholashga oid hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish;
o‘quvchilar bilim, ko‘nikma va malaka (BKM)laridagi bo‘shliqlarni to‘ldirish 
va o‘zlashtira olmaslikni oldini olish;
monitoring natijalarini umumlashtirish va istiqbolli boshqaruv qarorlarini 
qabul qilish ko‘nikmalariga;
O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’limni tashkil etish va uzviyligini 
ta’minlashga doir me’ѐriy hujjatlar asosida ta’lim muassasasi faoliyatini ilmiy asosda 
rejalashtirishni tadbiq qilish;
axborot-tahliliy ish mobaynida qo‘llaniladigan ѐndashuv va tizimli tahlil 
usullaridan foydalanish;
ta’lim sifatini ta’minlash bo‘yicha faoliyat tahlili, ta’lim sifati monitoringi va 
tahlili, ta’lim sifatini ta’minlash bo‘yicha takliflar taѐrlash;
o‘quv jaraѐnini boshqarishda ilg‘or horijiy tajribadan foydalanish



muassasa imijiga qo‘yiladigan talablar asosida samarali boshqarish;
zamonaviy ta’lim muassasasi rahbari qiѐfasiga ega bo‘lish;
ta’lim sifatini monitoringi va baholash natijalari asosida istiqbolli rejalar 
ishlab chiqish;
o‘quvchilar bilimini davlatta’limstandartlariga muvofiqligini nazorat qilish;
kompleks monitoring o‘tkazish amaliѐti va aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha 
manzilli boshqaruv qarorlarini qabul qilish malakalariga;
malaka oshirish kursida o‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalardan kasbiy 
faoliyatda foydalanish;
kasbiy faoliyatiga tegishli o‘quv-metodik materiallarni to‘plash va saralash;
kommunikativ, o‘z o‘zini rivojlantirish, o‘z ustida ishlash,mas’uliyat va 
moslashuvchanlik, inklyuziv ta’limni olib borish, o‘quv-tarbiya jaraѐnini holisona 
baholash kompetensiyalariga ega bo‘lishi lozim.

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin