Tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/120
tarix26.01.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#80974
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   120
TA’LIM MUASSASALARIDA O‘QUV JARAYONLARNI BOSHQARISH MODULI BO‘YICHA O‘QUV-USLUBIY MAJMUA

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Nazariy mashg‘ulotlar 
mazmuni 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


16 
1 – mavzu: Ta’lim muassasalarini ilmiy-metodik boshqarishni tashkil etish (2 
soat nazariy mashg‘ulot) 
REJA: 
1. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini boshqarishni tashkil etish pedagogik 
muammo sifatida
2. Zamonaviy boshqaruv tizimida maqsad va vazifalarning o‘rni
Tayanch so‘zlar: ta’lim muassasasini boshqarish; zamonaviy boshqaruv; 
kasbiy-pedagogik tayѐrgarlik; pedagogik mahorat;tahliliy mahorat;tashxislovchi; 
ta’limning yangi modeli;kichik maqsadlar; bosh iaqsadlar; menejer.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini boshqarishni tashkil etish 
pedagogik muammo sifatida  
Xalq ta’limi tizimini boshqarishning samarali mexanizmlarini joriy etish 
o‘sib kelaѐtgan ѐsh avlodni ma’naviy-axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat 
jihatidan yangi darajaga ko‘tarishning eng muhim sharti hisoblanadi, shuningdek, 
o‘quv-tarbiya jaraѐnida ta’limning innovatsion shakllari va usullarini qo‘llashga 
ko‘maklashadi.
Bugungi kunda ta’lim muassasasining samarali faoliyati ko‘p jihatdan undagi 
menejmentning sifatiga bog‘liq. Ta’lim muassasasi rahbarining rahbarlik salohiyati 
va mahorati mazkur menejmentning sifatini belgilar ekan, ushbu xususiyatlarning 
o‘zi rahbar kadrning tayanch ma’lumoti, bilimi, ko‘nikma va malakasiga asoslanadi.
XXI asr buyuk o‘zgarishlar davridir. Bu o‘zgarishlar, eng avvalo, inson 
tafakkurida, uning fikrlash tarzida ro‘y berishi muqarrar. Iqtisodiy va siѐsiy sohadagi 
barcha islohotlarimizning pirovard maqsadi yurtimizda yashaѐtgan barcha fuqarolar 
uchun munosib haѐt sharoitlarini tashkil etib berishdan iboratdir. Umumiy va maxsus 
bilimlarga ega, ongli, tafakkuri yuksak, zamonaviy dunѐqarashga, milliy va 
umuminsoniy qadriyatlarga voris bo‘lgan insonlargina fuqorolik jamiyatini barpo 
etishga va uni shakllantirishga qodir bo‘ladi. Mazkur fikrlardan ko‘rinadiki, shaxsda 
bilim, dunѐqarash, e’tiqodning shakllanganligi uni kamolotining asosiy mezoni 
sanaladi.
Mustaqillik yillarida ta’lim sohasi boshqaruvini takomillashtirish, xususan, 
umumta’lim maktablari rahbarlarining malakasini oshirish borasida bir qator 
tadbirlar amalga oshirildi.
Ta’lim muassasalari boshqaruv amaliѐtining ta’lim tizimidagi islohotlarni 
amalga oshirish jaraѐnida uning bosh sub’ekti bo‘lgan, bo‘laѐtgan o‘zgarishlarni 
chuqur mulohaza qila oladigan rahbarlarga bo‘lgan ehtiѐj doimo ortib boradi.
Ta’lim tizimini moderinizatsiyalash umumta’lim maktablari rahbarlarining 
boshqaruvchilik tafakkuri, psixologiyasi va kompetentligini amalga oshirish bilan 
bog‘liq. Maktabni boshqarish rahbarlik sifatida qaralsa-da, asosiy urg‘u ―inson-
inson‖ o‘zaro munosabatlari muhitiga yo‘naltiriladi, u boshqaruv sub’ektining 
boshqaruv ob’ektiga ta’sir ko‘rsatishi bilan chegaralanmasdan, ―sub’ekt-sub’ekt‖ 
munosabatlari asosida rahbar va bo‘ysunuvchilarning o‘zaro ta’siri sifatida 
izohlanadi. Bu munosabatlar maktab rahbarlari kompetentligi mazmuniga 
insonparvarlik madaniyati, shaxsga gumanitar yo‘nalish, boshqaruv ob’ektlarini 
tizimli ravishda ko‘ra olish, nostandart vaziyatlarda harakat qila olish qobiliyati, 
zamonaviy boshqaruv texnologiyalarini egallash, kommunikativ madaniyat, axborot 


17 
bilan ishlash malakasini kiritishni taqazo etadi, zamonaviy rahbar o‘zida ham 
boshqaruvchi, ham rivojlanaѐtgan maktabni boshqarish qobiliyatiga ega bo‘lgan 
islohotchi-lider xususiyatlarini mujassamlashtirish kerak.
Umumiy o‘rta ta’lim maktab rahbarlarining kasbiy-pedagogik tayѐrgarligi 
deyilganda, uning ilmiy-nazariy, psixologik-pedagogik, ilmiy-metodik tayѐrgarligi, 
g‘oyaviy-siѐsiy va ma’naviy-axloqiy etukligi tushuniladi.
Kasbiy-pedagogik tayѐrgarlikning tarkibiy qismlari bir-birini to‘ldiradi, 
o‘zaro uzviy ravishda shakllanib, rivojlanadi, rahbarning mazkur tarkibiy qismlari 
bo‘yicha egallagan bilim, ko‘nikma va malakalari pedagogik faoliyatda qo‘llaniladi. 
SHu 
sababli, 
rahbarning 
ilmiy-metodik 
tayѐrgarligi 
kasbiy-pedagogik 
tayѐrgarlikning tarkibiy qismlari ichida asosiy o‘rinni egallaydi.
O‘zbekiston Respublikasida joriy etilgan ―Uzluksiz ta’lim kadrlar tayѐrlash 
tizimining 
asosi, 
O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiѐtini 
ta’minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va 
madaniy ehtiѐjlarini qondiruvchi ustuvor soha bo‘lib, u ijodkor, ijtimoiy faol
ma’naviy boy shaxs shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar ildam 
tayѐrlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish‖ni taqozo qiladi.
Kuzatishlarimiz bugungi kunda ta’lim muassasalarini ilmiy-metodik asosda 
boshqarishda:
uzluksiz ta’lim bosqichlari orasida uzviylikning to‘la ta’minlanmaganligi;
rahbar kadrlarning kasbiy, ilmiy-metodik tayѐrgarligi ta’lim mazmuni va 
uning metodik ta’minotidan orqada qolishi;
aksariyat maktab rahbarlarida ijodiy va ijtimoiy faollik, g‘oyaviy-siѐsiy 
etukligi etarli darajada emasligi;
umumiy o‘rta ta’lim maktab rahbarlarini tayѐrlash tizimining ilmiy-nazariy 
hamda metodik jihatdan etarlicha asoslanmaganligi, bu jaraѐnda zamonaviy 
pedagogik, axborot va innovatsion texnologiyalardan foydalanish uchun zarur 
bo‘lgan metodik bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashga e’tibor berilmaslik kabi 
nuqsonlar mavjud ekanligi tasdiqlanmoqda.
Maktabning umumiy vazifasi quyidagi savollarga beriladigan javoblar bilan 
belgilanadi:
maktab o‘z faoliyatini aynan kimlar va qanday ta’lim ehtiѐjlariga 
yo‘naltiradi? Vazifani belgilash bu – ijtimoiy buyurtmaga ko‘r-ko‘rona ergashish ѐki 
faqat maktabning ichki ishi bo‘lib qolmay, balki tashqi hamda ichki ehtiѐj va 
imkoniyatlar teng kelishi bilan belgilanadimi?;
u o‘quvchilarning qanday kontingentini hisobga oladi? Bu savollarga 
beriladigan javoblar umumiy ѐki ixtisoslashgan maktablarning har biri uchun 
alohida-alohida bo‘ladimi?
maktab qanday darajadagi ta’lim xizmatlarini ko‘rsata oladi?
maktab uchun qanday ta’lim vazifalari ustuvor?
ta’lim xizmatlaridan tashqari, maktab o‘quvchilariga yana nimalarni taklif 
qilishi mumkin?
maktab o‘z xodimlari uchun nimalar qila oladi?
maktab keng ijtimoiy doiraga nisbatan hududiy ta’lim tizimi uchun qanday 
tayѐrlanayapti? SHuni qayd etish lozimki, maktabning vazifalarini muntazam tanlash 


18 
ushbu hududdagi butun aholining manfaatlarini ifodalovchi ta’lim tizimi xodimlari 
bilan moslashgan bo‘lishi lozim.
Ta’lim muassasalari rahbarlarining kasbiy-pedagogik tayѐrgarligi – bu 
ularning ilmiy-nazariy, psixologik-pedagogik, ilmiy-metodik tayѐrgarligi, g‘oyaviy-
siѐsiy va ma’naviy-axloqiy etukligidan iborat.
Kasbiy-pedagogik tayѐrgarlikning tarkibiy qismlari bir-birini to‘ldiradi, 
o‘zaro uzviy ravishda shakllanib, rivojlanadi, rahbarning mazkur tarkibiy qismlar 
bo‘yicha egallagan bilim, ko‘nikma va malakalari pedagogik faoliyatda qo‘llaniladi. 
SHu 
sababli, 
rahbarning 
ilmiy-metodik 
tayѐrgarligi 
kasbiy-pedagogik 
tayѐrgarlikning tarkibiy qismlari ichida asosiy o‘rinni egallaydi.
Hozirgi davrda ta’lim muassasalariga yuqori idoralardan tushgan buyruqlar, 
ko‘rsatma, qarorlar, nizomlar, yo‘riqnomalarni ko‘r-ko‘rona, nomigagina ijrochilar 
emas, balki o‘z faoliyatiga jiddiy qaraydigan, har bir bajaraѐtgan vazifasiga ijodiy 
ѐndashuvadigan rahbar tayinlanishini davrning o‘zi taqozo etmoqda. CHunki 
rahbarning teran tafakkuri va keng dunѐqarashi, zamon talabiga javob beradigan, 
pedagogika, psixologiya, boshqaruv ilmidan xabardorligi, ijodiy fazilat va 
xislatlarga, iymon-e’tiqodga, muomala madaniyatiga ega, ijtimoiy faol, tashkilotchi 
va tadbirkorligi u boshqaraѐtgan ta’lim muassasasining kelgusidagi samarali 
faoliyatini belgilaydi.
Rahbarlik faoliyatining eng nozik jihati – bu o‘quv muassasasida o‘qituvchi 
va xodimlar bilan ish olib borish, ular faoliyatini tashkil etish, pedagogik jamoani bir 
maqsad-muddao yo‘lida birlashtirish, ularning hurmatini qozonish, sevimli rahbariga 
aylanish hisoblanadi. Bu esa rahbardan ijtimoiy psixologiya, muloqot san’ati va 
mahorati to‘g‘risidagi bilim, ko‘nikma va malakalarga hamda kommunikativ, 
konstruktiv va tashkilotchilik qobiliyatlarga ega bo‘lishni talab etadi.
Boshqaruv pedagogikasi ѐki tadqiqotchi olimlarning ilmiy-nazariy qarashlari 
bilan birga bu masalaga haѐtiy tajribalar asosida ba’zi bir ѐndashuv va fikrlar 
bildirish foydadan holi bo‘lmaydi. Unda yangi rahbar qanday qilib pedagogik jamoa 
hurmatini qozonishi mumkinligi, shuningdek ―muammoli‖ xodimlar bilan ishlashda 
nimalarga e’tibor qaratish kerakligi to‘g‘risida quyidagi tavsiyalar beriladi:

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin