Nazariy mashg‘ulotlar
mazmuni
16
1 – mavzu: Ta’lim muassasalarini ilmiy-metodik boshqarishni tashkil etish (2
soat nazariy mashg‘ulot)
REJA:
1. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini boshqarishni tashkil etish pedagogik
muammo sifatida
2. Zamonaviy boshqaruv tizimida maqsad va vazifalarning o‘rni
Tayanch so‘zlar: ta’lim muassasasini boshqarish; zamonaviy boshqaruv;
kasbiy-pedagogik tayѐrgarlik; pedagogik mahorat;tahliliy mahorat;tashxislovchi;
ta’limning yangi modeli;kichik maqsadlar; bosh iaqsadlar; menejer.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini boshqarishni tashkil etish
pedagogik muammo sifatida
Xalq ta’limi tizimini boshqarishning samarali mexanizmlarini joriy etish
o‘sib kelaѐtgan ѐsh avlodni ma’naviy-axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat
jihatidan yangi darajaga ko‘tarishning eng muhim sharti hisoblanadi, shuningdek,
o‘quv-tarbiya jaraѐnida ta’limning innovatsion shakllari va usullarini qo‘llashga
ko‘maklashadi.
Bugungi kunda ta’lim muassasasining samarali faoliyati ko‘p jihatdan undagi
menejmentning sifatiga bog‘liq. Ta’lim muassasasi rahbarining rahbarlik salohiyati
va mahorati mazkur menejmentning sifatini belgilar ekan, ushbu xususiyatlarning
o‘zi rahbar kadrning tayanch ma’lumoti, bilimi, ko‘nikma va malakasiga asoslanadi.
XXI asr buyuk o‘zgarishlar davridir. Bu o‘zgarishlar, eng avvalo, inson
tafakkurida, uning fikrlash tarzida ro‘y berishi muqarrar. Iqtisodiy va siѐsiy sohadagi
barcha islohotlarimizning pirovard maqsadi yurtimizda yashaѐtgan barcha fuqarolar
uchun munosib haѐt sharoitlarini tashkil etib berishdan iboratdir. Umumiy va maxsus
bilimlarga ega, ongli, tafakkuri yuksak, zamonaviy dunѐqarashga, milliy va
umuminsoniy qadriyatlarga voris bo‘lgan insonlargina fuqorolik jamiyatini barpo
etishga va uni shakllantirishga qodir bo‘ladi. Mazkur fikrlardan ko‘rinadiki, shaxsda
bilim, dunѐqarash, e’tiqodning shakllanganligi uni kamolotining asosiy mezoni
sanaladi.
Mustaqillik yillarida ta’lim sohasi boshqaruvini takomillashtirish, xususan,
umumta’lim maktablari rahbarlarining malakasini oshirish borasida bir qator
tadbirlar amalga oshirildi.
Ta’lim muassasalari boshqaruv amaliѐtining ta’lim tizimidagi islohotlarni
amalga oshirish jaraѐnida uning bosh sub’ekti bo‘lgan, bo‘laѐtgan o‘zgarishlarni
chuqur mulohaza qila oladigan rahbarlarga bo‘lgan ehtiѐj doimo ortib boradi.
Ta’lim tizimini moderinizatsiyalash umumta’lim maktablari rahbarlarining
boshqaruvchilik tafakkuri, psixologiyasi va kompetentligini amalga oshirish bilan
bog‘liq. Maktabni boshqarish rahbarlik sifatida qaralsa-da, asosiy urg‘u ―inson-
inson‖ o‘zaro munosabatlari muhitiga yo‘naltiriladi, u boshqaruv sub’ektining
boshqaruv ob’ektiga ta’sir ko‘rsatishi bilan chegaralanmasdan, ―sub’ekt-sub’ekt‖
munosabatlari asosida rahbar va bo‘ysunuvchilarning o‘zaro ta’siri sifatida
izohlanadi. Bu munosabatlar maktab rahbarlari kompetentligi mazmuniga
insonparvarlik madaniyati, shaxsga gumanitar yo‘nalish, boshqaruv ob’ektlarini
tizimli ravishda ko‘ra olish, nostandart vaziyatlarda harakat qila olish qobiliyati,
zamonaviy boshqaruv texnologiyalarini egallash, kommunikativ madaniyat, axborot
17
bilan ishlash malakasini kiritishni taqazo etadi, zamonaviy rahbar o‘zida ham
boshqaruvchi, ham rivojlanaѐtgan maktabni boshqarish qobiliyatiga ega bo‘lgan
islohotchi-lider xususiyatlarini mujassamlashtirish kerak.
Umumiy o‘rta ta’lim maktab rahbarlarining kasbiy-pedagogik tayѐrgarligi
deyilganda, uning ilmiy-nazariy, psixologik-pedagogik, ilmiy-metodik tayѐrgarligi,
g‘oyaviy-siѐsiy va ma’naviy-axloqiy etukligi tushuniladi.
Kasbiy-pedagogik tayѐrgarlikning tarkibiy qismlari bir-birini to‘ldiradi,
o‘zaro uzviy ravishda shakllanib, rivojlanadi, rahbarning mazkur tarkibiy qismlari
bo‘yicha egallagan bilim, ko‘nikma va malakalari pedagogik faoliyatda qo‘llaniladi.
SHu
sababli,
rahbarning
ilmiy-metodik
tayѐrgarligi
kasbiy-pedagogik
tayѐrgarlikning tarkibiy qismlari ichida asosiy o‘rinni egallaydi.
O‘zbekiston Respublikasida joriy etilgan ―Uzluksiz ta’lim kadrlar tayѐrlash
tizimining
asosi,
O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiѐtini
ta’minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va
madaniy ehtiѐjlarini qondiruvchi ustuvor soha bo‘lib, u ijodkor, ijtimoiy faol,
ma’naviy boy shaxs shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar ildam
tayѐrlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish‖ni taqozo qiladi.
Kuzatishlarimiz bugungi kunda ta’lim muassasalarini ilmiy-metodik asosda
boshqarishda:
uzluksiz ta’lim bosqichlari orasida uzviylikning to‘la ta’minlanmaganligi;
rahbar kadrlarning kasbiy, ilmiy-metodik tayѐrgarligi ta’lim mazmuni va
uning metodik ta’minotidan orqada qolishi;
aksariyat maktab rahbarlarida ijodiy va ijtimoiy faollik, g‘oyaviy-siѐsiy
etukligi etarli darajada emasligi;
umumiy o‘rta ta’lim maktab rahbarlarini tayѐrlash tizimining ilmiy-nazariy
hamda metodik jihatdan etarlicha asoslanmaganligi, bu jaraѐnda zamonaviy
pedagogik, axborot va innovatsion texnologiyalardan foydalanish uchun zarur
bo‘lgan metodik bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashga e’tibor berilmaslik kabi
nuqsonlar mavjud ekanligi tasdiqlanmoqda.
Maktabning umumiy vazifasi quyidagi savollarga beriladigan javoblar bilan
belgilanadi:
maktab o‘z faoliyatini aynan kimlar va qanday ta’lim ehtiѐjlariga
yo‘naltiradi? Vazifani belgilash bu – ijtimoiy buyurtmaga ko‘r-ko‘rona ergashish ѐki
faqat maktabning ichki ishi bo‘lib qolmay, balki tashqi hamda ichki ehtiѐj va
imkoniyatlar teng kelishi bilan belgilanadimi?;
u o‘quvchilarning qanday kontingentini hisobga oladi? Bu savollarga
beriladigan javoblar umumiy ѐki ixtisoslashgan maktablarning har biri uchun
alohida-alohida bo‘ladimi?
maktab qanday darajadagi ta’lim xizmatlarini ko‘rsata oladi?
maktab uchun qanday ta’lim vazifalari ustuvor?
ta’lim xizmatlaridan tashqari, maktab o‘quvchilariga yana nimalarni taklif
qilishi mumkin?
maktab o‘z xodimlari uchun nimalar qila oladi?
maktab keng ijtimoiy doiraga nisbatan hududiy ta’lim tizimi uchun qanday
tayѐrlanayapti? SHuni qayd etish lozimki, maktabning vazifalarini muntazam tanlash
18
ushbu hududdagi butun aholining manfaatlarini ifodalovchi ta’lim tizimi xodimlari
bilan moslashgan bo‘lishi lozim.
Ta’lim muassasalari rahbarlarining kasbiy-pedagogik tayѐrgarligi – bu
ularning ilmiy-nazariy, psixologik-pedagogik, ilmiy-metodik tayѐrgarligi, g‘oyaviy-
siѐsiy va ma’naviy-axloqiy etukligidan iborat.
Kasbiy-pedagogik tayѐrgarlikning tarkibiy qismlari bir-birini to‘ldiradi,
o‘zaro uzviy ravishda shakllanib, rivojlanadi, rahbarning mazkur tarkibiy qismlar
bo‘yicha egallagan bilim, ko‘nikma va malakalari pedagogik faoliyatda qo‘llaniladi.
SHu
sababli,
rahbarning
ilmiy-metodik
tayѐrgarligi
kasbiy-pedagogik
tayѐrgarlikning tarkibiy qismlari ichida asosiy o‘rinni egallaydi.
Hozirgi davrda ta’lim muassasalariga yuqori idoralardan tushgan buyruqlar,
ko‘rsatma, qarorlar, nizomlar, yo‘riqnomalarni ko‘r-ko‘rona, nomigagina ijrochilar
emas, balki o‘z faoliyatiga jiddiy qaraydigan, har bir bajaraѐtgan vazifasiga ijodiy
ѐndashuvadigan rahbar tayinlanishini davrning o‘zi taqozo etmoqda. CHunki
rahbarning teran tafakkuri va keng dunѐqarashi, zamon talabiga javob beradigan,
pedagogika, psixologiya, boshqaruv ilmidan xabardorligi, ijodiy fazilat va
xislatlarga, iymon-e’tiqodga, muomala madaniyatiga ega, ijtimoiy faol, tashkilotchi
va tadbirkorligi u boshqaraѐtgan ta’lim muassasasining kelgusidagi samarali
faoliyatini belgilaydi.
Rahbarlik faoliyatining eng nozik jihati – bu o‘quv muassasasida o‘qituvchi
va xodimlar bilan ish olib borish, ular faoliyatini tashkil etish, pedagogik jamoani bir
maqsad-muddao yo‘lida birlashtirish, ularning hurmatini qozonish, sevimli rahbariga
aylanish hisoblanadi. Bu esa rahbardan ijtimoiy psixologiya, muloqot san’ati va
mahorati to‘g‘risidagi bilim, ko‘nikma va malakalarga hamda kommunikativ,
konstruktiv va tashkilotchilik qobiliyatlarga ega bo‘lishni talab etadi.
Boshqaruv pedagogikasi ѐki tadqiqotchi olimlarning ilmiy-nazariy qarashlari
bilan birga bu masalaga haѐtiy tajribalar asosida ba’zi bir ѐndashuv va fikrlar
bildirish foydadan holi bo‘lmaydi. Unda yangi rahbar qanday qilib pedagogik jamoa
hurmatini qozonishi mumkinligi, shuningdek ―muammoli‖ xodimlar bilan ishlashda
nimalarga e’tibor qaratish kerakligi to‘g‘risida quyidagi tavsiyalar beriladi:
Dostları ilə paylaş: |