Tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/120
tarix26.01.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#80974
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   120
TA’LIM MUASSASALARIDA O‘QUV JARAYONLARNI BOSHQARISH MODULI BO‘YICHA O‘QUV-USLUBIY MAJMUA

 
“BLITS-O‘YIN” METODI 
“Blits-o‘yin” metoditezlik, axborotlar tizimini tahlil qilish, rejalashtirish, prognozlash ko‘nikmalarini 
shakllantirishdan iborat. Mazkur metodni baholash va mustahkamlash maqsadida qo‘llash samarali 
natijalarni beradi. 
Metodni amalga oshirish bosqichlari: 
1. Dastlab ishtirokchilarga belgilangan mavzu yuzasidan tayyorlangan topshiriq, ya’ni tarqatma materiallar 
alohida-alohida beriladi va ulardan materialni sinchiklab o‘rganish talab etiladi. SHundan so‘ng, 
ishtirokchilarga to‘g‘ri javoblarni tarqatmadagi “yakka baho” ustuniga belgilash kerakligi tushuntiriladi. Bu 
bosqichda vazifa yakka tartibda bajariladi. 
2. Navbatdagi bosqichda pedagog ishtirokchilarni kichik guruhlarga birlashtiradi va guruh a’zolarini o‘z 
fikrlari bilan guruhdoshlarini 
tanishtirib, bahslashib, bir-biriga ta’sir o‘tkazib, o‘z fikrlariga ishontirish, kelishgan holda bir to‘xtamga 
kelib, javoblarini “guruh bahosi” bo‘limiga raqamlar bilan belgilab chiqishni topshiradi. 
3. Barcha kichik guruhlar o‘z ishlarini tugatgach, to‘g‘ri harakatlar ketma-ketligi pedagog tomonidan o‘qib 
eshittiriladi va tinglovchilardan bu javoblarni “to‘g‘ri javob” bo‘limiga yozish so‘raladi. 
4. “To‘g‘ri javob” bo‘limida berilgan raqamlardan “yakka baho” bo‘limida berilgan raqamlar taqqoslanib
farqini yozish so‘raladi. SHundan so‘ng,“yakka xato” bo‘limidagi farqlar yuqoridan pastga qarab qo‘shib 
chiqilib, umumiy yig‘indi hisoblanadi. 
5. Xuddi shu tartibda “to‘g‘ri javob” va “guruh bahosi” o‘rtasidagi farq chiqariladi va ballar “guruh xatosi” 
bo‘limiga yozib, yuqoridan pastga qarab qo‘shiladi va umumiy yig‘indi keltirib chiqariladi. 
6. Pedagog yakka va guruh xatolarini to‘plangan umumiy yig‘indi bo‘yicha alohida-alohida sharhlab beradi. 
7. Ishtirokchilarga olgan baholariga qarab, ularning mavzu bo‘yicha o‘zlashtirish darajalari aniqlanadi.


15 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin