Tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy


Maktabni ilmiy-metodik asosda boshqarish



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/120
tarix26.01.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#80974
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   120
TA’LIM MUASSASALARIDA O‘QUV JARAYONLARNI BOSHQARISH MODULI BO‘YICHA O‘QUV-USLUBIY MAJMUA

Maktabni ilmiy-metodik asosda boshqarish – o‘qituvchi va o‘quvchilarni 
pedagogik qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish, maktab haѐtining barcha jabhalarida 
o‘qituvchi, o‘quvchilar, oila va jamoat tashkilotlarining ishtirokini ta’minlash hamda 
ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‘unlashtirgan holda yo‘lga qo‘yish 
ta’lim sohasidagi davlat siѐsatining asosiy tamoyillarini amalga oshirishdan iboratdir.
O‘quvchilarning millati, dini, e’tiqodlari, ijtimoiy kelib chiqishi, iqtisodiy 
sharoiti va qobiliyatidan qat’iy nazar, o‘quv jaraѐnida faol ishtirok etishlari uchun 
ijodiy muhit va imkoniyat yaratish, pedagogik jihatdan qo‘llab-quvvatlash, erkin 
rivojlanishlarini 
ta’minlash, ta’lim sohasidagi davlat siѐsatining asosiy 
tamoyillaridan biri bo‘lgan ―DTS doirasida ta’lim olishning hamma uchun 
ochiqligi‖ga amal qilishni ta’minlaydi.
Respublikamizda amal qilaѐtgan ta’limning yangi modeli – ta’lim-tarbiya 
jaraѐnini tubdan yangilash bilan bir qatorda, ta’lim muassasalari o‘rtasida raqobat 
muhitini vujudga keltiradi. Bu esa o‘quv muassasalarini rivojlantirishning asosiy 
omilidir. SHunga ko‘ra, maktab rahbarlari tashabbuskorlik, tadbirkorlik, 
ishbilarmonlik, ijodkorlik sifatlariga ega bo‘lishlari kerak. Ular muvaffaqiyatlarni 


20 
ta’minlovchi vazifalarning qanchalik to‘g‘riligi va o‘z vaqtida ta’lim-tarbiyani 
tashkil etishda yangi ѐndashuvning asosiy mohiyati, an’anaviy ta’limda ko‘zda 
tutilgan natijalarni bermaѐtgan majburan o‘qitishdan voz kechish va uning o‘rniga:
zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish orqali 
ta’lim jaraѐnini samarali tashkil etish;
o‘quvchilarning mustaqil ishlashi va mustaqil faoliyatiga keng yo‘l ochish;
tegishli talablarni jamoa orqali qo‘llashni amalga oshirish muhimdir.
YAngicha pedagogik munosabatlarning vujudga kelishi o‘quvchi shaxsiga 
tabaqalashgan ѐndashuv, ya’ni ta’lim jaraѐnini individuallashtirish tamoyilini 
ro‘ѐbga chiqarishni talab etadi. Mazkur tamoyillar asosida ta’lim jaraѐnini tashkil 
etishda:
o‘rta saviyali o‘quvchiga nisbatan mo‘ljal olishdan voz kechish;
har bir o‘quvchi shaxsining eng yaxshi sifatlarini aniqlash va uni 
rivojlantirish, ularning qiziqishlari, ehtiѐjlari, qobiliyatlari, tanlagan yo‘nalishlari, 
shaxsiy sifatlari, aqliy intellektual xususiyatlarini aniqlash;
har bir o‘quvchining ehtiѐji, qiziqishi, iqtidori va imkoniyatiga yarasha 
o‘quv topshiriqlarini tayѐrlash;
ta’lim-tarbiya jaraѐnida o‘quvchi shaxsining o‘ziga xos xususiyatlarini 
hisobga olish lozim. Maktablarda ta’lim jaraѐnini ilmiy-metodik asosda tashkil 
etishning muhim jihati sifatida fan o‘qituvchilarining bilim, malaka, kasb-mahorati 
doirasida zamon talablariga muvofiq faoliyat ko‘rsatishlarini ta’minlovchi uzluksiz 
metodik xizmatni vujudga keltirish zarur. O‘qitish metodlarining har biri o‘zining 
umumdidaktik mohiyatiga ko‘ra, ta’lim jaraѐnining sub’ektlari o‘qituvchi va 
o‘quvchining hamkorligidagi harakat modeli hisoblanadi. Zamonaviy boshqaruv 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin