14
(xulosaga kelish)da ta’lim oluvchilar tomonidan bildirilayotgan har bir variant, ularning maqbul hamda
nomaqbul jihatlarini batafsil tahlil etish imkoniyatini yaratadi.
UMUMIY MUAMMO
1 qaror varianti
2 qaror varianti
3qaror varianti
afzalligi
kamchiligi
afzalligi
kamchiligi
afzalligi
kamchiligi
Xulosa:
“FSMU” METODI
“FSMU” metodimunozarali masalalarni hal etishda, bahs-munozara o‘tkazishda yoki o‘quv reja asosida
biron bo‘lim o‘rganib bo‘lingach qo‘llanilishi mumkin, chunki bu metod tinglovchilarni o‘z fikrini himoya
qilishga, erkin fikrlash va o‘z fikrini boshqalarga o‘tkazishga, ochiq holda baxslashishga, shu bilan qatorda
ta’lim oluvchilarni, o‘quv jarayonida egallagan bilimlarni tahlil etishga, qay darajada egallaganliklarini
baholashga hamda tinglovchilarni bahslashish madaniyatiga o‘rgatadi.
Ushbu metod tinglovchilarga o‘z fikrlarini aniq, qisqa xolatda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor
etuvchi fikrlarni bayon etishga yordam beradi.
Mashg‘ulotda avval har bir tinglovchi yakka tartibda berilgan vazifani bajaradi, keyin esa kichik guruhlarda
ish olib boradi va dars oxirida jamoa bo‘lib ishlaydilar.
Har bir tinglovchiga FSMU metodining 4-bosqichi yozilgan varaqalar tarqatiladi:
F- fikringizni bayon eting
S- fikringizni bayoniga sabab ko‘rsating.
M- ko‘rsatilgan sababingizni isbotlab misol (dalil) keltiring.
U- fikringizni umumlashtiring.
Tinglovchilar yakka tartibda topshiriqni bajaradilar. So‘ngra kichik guruhlar shakllantirilib, kichik guruhda
har bir ta’lim oluvchi o‘zining yozgan javobini o‘qib tanishtiradi, so‘ngra guruh azolari birgalashib
muhokama qilib umumiy javoblarini yozadilar va uni himoya qiladilar.
Dostları ilə paylaş: