19
ta’lim tizimida mavjud ehtiѐj va muammolarning tahlili maqsad
qo‘yishning bosh omili bo‘lib
xizmat qilishi, bunda dastlabki imkoniyatlar va
vositalar, zahiralar hisobga olinishi kerakligi;
maqsadlar muhim muammolarni hal qiladigan darajada dolzarb bo‘lishi
lozimligi;
maqsadlar murakkab, biroq aniq bo‘lishi, maktabning
yaqin kelajakdagi
rivojlanishini ifodalashi shartligi;
maqsadlar qanchalik puxta (istalgan natijaning aniq darajasi va unga
erishish muddati ko‘rsatilgan holda) shakllantirilgan bo‘lsa, ularga erishish shuncha
oson kechishi;
maqsadlar
tashxislovchi,
rag‘batlantiruvchi,
izlanishga
va
tashabbuskorlikka undovchi harakterga ega bo‘lishi lozimligi;
maqsadlar maktab oldida turgan vazifalarga mos kelishi kerakl-igi;
hamkorlikdagi faoliyat maqsadlari uning barcha sub’ektlariga ma’lum, ular
uchun tushunarli holda qabul qilinganligi jamoaviy faoliyat va maqsadlar birligini
ta’minlashi;
kichikroq aniq maqsadlar yirikroq va
uzoq muddatli maqsad hamda
intilishlarga bo‘ysundirilishi maqsadga muvofiqligi talablarni hisobga olishi
lozimligini ko‘rsatmoqda.
O‘quvchilarning haѐtiy ehtiѐjlariga mos va samarali usullarni qo‘llash orqali
bilimlar taqdim etilishi, ko‘nikmalar
hosil qilinishi, ta’lim dasturlarini tanlashga
yagona va tabaqalashtirilgan ѐndashuvni amalga oshirishga pedagogik hamda
boshqaruv jihatdan shart-sharoitlar yaratish muhim ahamiyatga ega.
Mazkur
texnologiyaning afzalliklari shundan iboratki, bunda:
o‘qituvchining kuchsiz o‘quvchilarga ѐrdam, kuchlilariga e’tibor berishi
uchun qulay pedagogik shart-sharoit vujudga keladi;
o‘quvchilarning tahsil olish sur’ati va bilimlarni o‘zlashtirish sifati ortadi;
o‘quvchilarning tahsil olishga bo‘lgan qiziqishi, ehtiѐji
va mayllari
kuchayadi.
Dostları ilə paylaş: