Bosh maqsad(lar)ni kichik maqsadlarga ajratish qoidalari: • bosh (umumiy) maqsad faoliyatning pirovard natijasini ifodalashi lozim;
• umumiy tashkiliy maqsadning ierarxik tuzilmasini tuzish davomida ushbu
muxim tamoyilga e’tibor berish lozim: faoliyatning kelgusi bosqchidagi maqsadlarga
etishish uchun ilgarigi bosqichining maqsadlarini ruѐbga oshirish lozim;
• tashkiliy faoliyatning turli xil bosqichlarida maqsadlarga erishish yo‘llariga
emas, balki ularning mazmuni (natija)ga e’tibor berish shart;
• tashkiliy faoliyatning har bir bosqichida kuyiladigan maqsadlar tamomila
mustaqil bo‘lishi, biri-biridan kelib chiqarmasligi kerak;
• maqsadlar shajarasining asosini belgilangan vaqti mobaynida ma’lum
tartibda bajarilishi mumkin bo‘lgan vazifalar majmui tashkil etishi lozim;
umumiy tashkiliy maqsadning kichikrok maqsadlarga ajratilishidabosh
maqsadning murakkabligi, ko‘lami va tashkiliy tuzilmasini e’tiborga olish muximdir;
• tashkiliy maqsadlarni belgilash jaraѐnida nafaqat maqsadlarshajarasiga,
balki maqsadlarning rivojlanish dinamikasiga xam alohida etibor berish lozim.
Tashkilot faoliyatining istikbol rejasini tayѐrlash chog‘ida jaraѐnning dinamik
modelidan foydalaniladi.
Maqsadlar(natija)ga ko‘ra boshqarish konsepsiyasi Boshqaruvchilik faoliyatining yaxlit tizimi sifatida menejment tashkilot
oldiga kuyilgan barcha maqsad va vazifalarning bajarilishini ta’minlashga xizmat
qiladi. SHu sababdan boshqaruv tizimining har pog‘onasida turgan raxbarlar o‘z
vakolatlari doirasidan kelib chiqib, oldida turgan aniq maqsadlarni yaxshi anglashi
kerak. Ushbu asosda maqsadli faoliyatning muayyan davrida menejer ko‘l ostidagi
xodimlarning faoliyatini yo‘lga qo‘yishi lozim. Menejmentning umumiy maqsadlari
va vazifalari boshqaruvchilik tizimining barcha pog‘onalaridagi menejerlar bilan
baxam jixat ishlab chikiladi.