Tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy


Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish ishlarini tashkil



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/120
tarix26.01.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#80974
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   120
TA’LIM MUASSASALARIDA O‘QUV JARAYONLARNI BOSHQARISH MODULI BO‘YICHA O‘QUV-USLUBIY MAJMUA

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish ishlarini tashkil 
etish  
Ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish jaraѐnida komissiya tarkibi 
10 kundan oshmagan muddatda faoliyat olib boradi. Barcha yo‘nalishlar bo‘yicha 
o‘rganish ishlari 6 kun davomida tugatilib, 3 kun ichida umumlashtiriladi. 
Umumlashtirib rasmiylashtiriladigan barcha hujjatlarning elektron varianti 
attestatsiyadan o‘taѐtgan oy tugamasdan (M: Maktab 10-20 oktyabr kunlari 
attestatsiyadan o‘taѐtgan bo‘lsa, 22 oktyabrdan kech qolmagan holda) Respublika 
ta’limi markazining ―Ta’lim muassasalarini attestatsiya va akkreditatsiyaga 
tayѐrlash‖ bo‘limiga yuboriladi. YUborilgan hujjatlar mas’ul xodimlar tomonidan 
ko‘rib chiqiladi va aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha amaliy ѐrdam beriladi, tuzatish 
uchun joylarga jo‘natiladi. Aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilib, ta’lim 
muassasalarining attestatsiya hujjatlari rasmiylashtiriladi, keyingi oyning (M: noyabr 
oyi) 10-sanasigacha tuman (shahar)ning attestatsiya bo‘yicha mas’ul xodimi 
tomonidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat 
inspeksiyasiga topshiriladi. Hujjatlarning topshirilganligi haqidagi ―Rasmiy xat‖ 
ning kseronusxasi Respublika ta’lim markazining ―Ta’lim muassasalarini 
attestatsiya va akkreditatsiyaga tayѐrlash‖ bo‘limiga topshiriladi.
Izoh:Ta’lim muassasalarida attestatsiya jaraѐnida to‘ldirilgan hujjatlarning 
aniq va to‘g‘ri to‘ldirilishiga shaxsan attestatsiya komissiyasining raisi javobgardir. 
Barcha ta’lim muassasalari hujjatlari kirill alifbosida, bir xil shriftda to‘ldirilishi, 
faqat so‘ralgan ma’lumotlar taqdim etilishi lozim.
Ta’lim muassasalarida o‘tkazilgan attestatsiya natijalarini  
xulosalash va rasmiylashtirish  
Attestatsiya jaraѐnida olingan ѐzma ishlar, testlar va o‘quvchilarning javob 
varaqalari sinflar va fanlar kesimida tikiladi.
Tikilgan barcha ishlar, to‘ldirilgan jadvallar, qo‘llanilgan materiallar maxsus 
qutiga joylashtiriladi. Komissiya ishtirokida va muassasa rahbari guvohligida maxsus 


27 
quti elimlanadi, muhrlanadi va mazkur holat to‘g‘risida dalolatnoma ѐziladi hamda 
imzolanadi. Dalolatnomaning bir nusxasi Davlat inspeksiyasiga topshiriladi.
Attestatsiya hujjatlari keyingi attestatsiyaga qadar ta’lim muassasasida 
saqlanadi. Uning saqlanishiga shaxsan ta’lim muassasasi rahbari mas’ul hisoblanadi.

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin