26
7. Ta’lim muassasasi tomonidan ichki nazorat o‘tkazilmagan hollarda
attestatsiyadan o‘tkazish jaraѐni kechiktiriladi va
muassasa rahbariga tegishli
ma’muriy jazo ko‘rish uchun komissiya tomonidan vakolatli davlat organlariga
dalolatnoma topshiriladi.
8. Ta’lim muassasasining tarbiyalanuvchi va o‘quvchilaridan
nazorat ishlari
olinadi. Nazorat ishlari ta’lim muassasasining ta’lim-tarbiya jaraѐniga xalaqit
bermasdan, mashg‘ulotlar jadvaliga asoslangan holda
Komissiya raisi tomonidan
tasdiqlangan jadvalga muvofiq olinishi maqsadga muvofiq.
9. Ta’lim muassasasida attestatsiya jaraѐnida tekshiriladigan hujjatlar me’riy
talablari uqtiriladi. Bu jaraѐnda 9 ta bo‘lim va uning jadvallarda berilgan bandlari
bo‘yicha tushuntiriladi.
ESLATMA: Ta’lim muassasalarida nazorat ishlariga jalb qilinadigan sinflar
va guruhlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
huzuridagi Davlat test
markazi, O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda
O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligining 2016 yil 9 sentyabrdagi 1836-2 –
raqam bilan ruyxatdan o‘tkazilgan 2-sonli qarori bilan tasdiqlangan ―O‘zbekiston
Respublikasi ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish
mezonlari va
texnologiyalari bo‘yicha yo‘riqnoma‖ asosida tanlanadi va nazorat ishlari o‘tkaziladi.
Dostları ilə paylaş: