"Shiy’atun Ali" („Alining shiasi“) deb nom
oldilar.
Bu xususda hadis ham mavjud boʻlib,
unga koʻra Muhammad hayotlik
chog‘larida hazrati Ali(a)ga
ergashganlarga „Shia“ nomini bergan
edilar va bu xususida Ali ibn Abu Tolibga
ishora qilib shunday deb marhamat
qilgan edilar:
„
َم ْﻮَﻳ َنوُﺰِﺋﺎَﻔْﻟا ُﻢُﻬَﻟ ُﻪَﺘ َﻌﻴ ِﺷ َو ا َﺬَﻫ نأ ،ه ِﺪَﻴِﺑ ﻲ ِﺴﻔَﻧ ي ِﺬﻟاو
ِﺔ َﻣﺎَﻴِﻘْﻟا“
„Albatta mening jonim Uning qo‘lida
bo‘lgan Zotga qasamki, mana bu [Aliga
ishora qilib] va uning shialari Qiyomat
kunida najot topuvchilardir“. [Jaloluddin
Suyutiy, „Ad-durrul mansur“, 6-jild, Al-
Bayyinah surasining 7-oyati tafsirida].
Shunday qilib, Islomning dastlabki
davrida musulmonlarning bir guruhi
imomat va peshvolik maqomi ham xuddi
payg‘ambarlik maqomi singari Alloh taolo
tomonidan tayin etilgan, degan aqidaga
ega bo‘lganlari bois, ular „Shia“ nomi bilan
tanilganlar. Ushbu toifa musulmonlar
hozirgi kunga Muhammad rasulullohning
ko‘rsatgan yo‘llaridan borib, ul zotning
Ahli-Baytlariga ergashib kelmoqdalar.
Demak, yuqorida berilgan izohlardan
„Shia“ning Islom dinidagi mavqei va o‘rni,
shuningdek kelib chiqish tarixi
oydinlashadi.
Ikkinchi guruh musulmonlarining
eʼtiqodiga ko‘ra, xalifalik mansabi saylov
yo‘li bilan aniqlanadi. Bu guruh vakillari
Abu Bakrni xalifa qilib saylashgan va
keyinchalik „Ahl as-Sunna val-Jamoa“
(Ahli sunnat") yoki „Ahli tasannun“ nomini
olishgan.
Oxir-oqibat, Islom olamidagi bu ikki
toifaning fiqhiy va eʼtiqodiy masalalarda
umumiy va o‘xshash tomonlari ko‘p
bo‘lishiga qaramay, Muhammaddan so‘ng
xalifalik masalasida ular o‘rtasida ixtilof
yuzaga keldi va yuqorida aytib
o‘tganimizdek, bu ikki guruhning ilk
shaxslari muhojir va ansorlardan tashkil
topgan sahobalar edi.
Shialik yoʻnalishidagi musulmonlarning
dunyoqarashi, taʼbir joiz bo‘lsa, ularning
borliq va voqelikka nisbatan bo‘lgan
g‘oyasi boshqa toifadagi
Shialik eʼtiqodi: Usuliddin
musulmonlardan farqlanib, ular dinning
quyidagi asoslariga yondashadilar:
Dostları ilə paylaş: |