1. Tavhid (Allohning yagonaligi yoxud
yakkaxudolik)
2. Allohning odilligi (Alloh adolatli zotdir)
3. Nubuvvat (payg‘ambarlarga iymon)
4. Imomat (ummatga rahnamolik qilish
ilohiy mansabdir)
5. Maod (qiyomat va qayta tirilishga
ishonmoq)
Ahli-Bayt mazhabiga bo‘yin eggan
musulmonlarning aqiydasi bo‘yicha,
yuqorida zikr qilingan dinning asoslari
islom olamidagi eʼtiqodning negizini
tashkil etishi shubhasizdir. Shu bois,
islomdagi boshqa mazhablarning
eʼtiqodida o‘rin topgan din asoslaridan
farqli ravishda Ahli-Bayt mazhabining
eʼtiqod majmuida Allohning odilligi va
imomat ham aqoid asoslaridan
hisoblanadi.
Shialik VII asr oxirlariga kelib Iroq va
Eronda keng tarqalgan. Shialik avval
faqat siyosiy harakat sifatida
shakllangan boʻlsada, keyinchalik
aqidaviy va fiqhiy masalalarda turli oʻziga
xos jihatlar paydo boʻldi. Buning
natijasida Sh. ham mustaqil oqim sifatida
faoliyat koʻrsata boshladi. shahrida
musulmonlar jamoasi yoki davlatida
faqat Muhammad avlodi (Ali va
Fotimadan tarqalgan avlodlari) hukmron
boʻlish huquqiga ega deb hisoblanadi.
Ularning taʼlimotiga koʻra, rahbar jamoa
tomonidan saylanmay, rahbarlik meros
sifatida oʻtadi. Imomlik paygʻambarlik
kabi ilohiy mansab hisoblanadi. Sh.ka
koʻra, paygʻambar vafotidan keyin
xalifalikka Abu Bakr tayinlanadi. Sh.
tarafdorlari (shialar) sunniylar kabi
Qurʼonni ilohiy deb eʼtirof etadi, lekin
ularning ayrim oʻta reaksion ruhdagi
vakillari xalifalar davrida Qurʼonning
ayrim qismlari tushirib qoldirilgan deb
hisoblaydi. Sh. ilohiyotchilari Qurʼonning
mazmunini majoziy sharhlash orqali oʻz
taʼlimotlarini asoslaydi. Ular faqat Ali va
uning avlodlari tomonidan rivoyat qilingan
hadislarni tan oladi. Bunday hadislardan
iborat toʻplam tuzilib, u axbor deb
atalgan. shahrida 8 ta aqidaga eʼtiqod
qilinadi. Bular — tavhid (Allohning
yagonaligini eʼtirof etish), adl (adolat,
Allohning odilligi, yaʼni taqdir aqidasi),
nubuvvat (paygʻambarlik), imomat
(imomlik — imomlar hokimiyatini eʼtirof
etish), Amri maʼruf (yaxshilikka buyurish),
Nahyi munkar (yomonlikdan qaytarish),
tavallo (Alloh doʻstlarini doʻst tutish),
tabarro (Alloh dushmanlaridan
uzoqlanish). shahrida Ali va uning
avlodlaridan iborat oʻn ikki imom
hokimiyati tan olinadi. 874—878 yillar
orasida 7—9 yoshida bedarak yoʻqolgan
12imom Muhammad al-Mahdiyni shialar
„yashiringan“ hisoblaydi, zamona oxir
boʻlganda uning qaytib kelishini va adolat
oʻrnatishini kutadi (imomi Mahdiy, imomi
oxir zamon). shahrida 12 imomlik
(isnoashariya) Ali ibn Abu Tolibdan
boshlanib, uning Fotimadan boʻlgan
oʻgʻillari Hasan va Husaynga oʻtadi va
Muhammad al-Mahdiyga borib tugaydi.
Shuning uchun shahridagi isnoashariylar
firqasi „oʻn ikki imomni eʼtirof qiluvchilar“,
deb nomlangan. Isnoashariylarning
baʼzilari Alini Paygʻambardan afzal deb
eʼtiqod qiladilar hamda Ali va uning 11
avlodi insonlarga rizq berib turadi, deb
hisoblaydilar. Ular ning fikricha, Ali va
uning avlodlari Paygʻambardan keyingi
Allohning hujjatlaridir. Ularning buyruqlari,
taqiqlari Paygʻambarning buyrugʻi,
taqiqidir, ularga itoat qilish —
Paygʻambarga itoat qilishdir, ularga
boʻysunmaslik — Paygʻambarga isyon
qilishdir. Ularning jasadlari nuroniyliklari
sababli qabrlarda chirimaydi yoki
baʼzilarining eʼtiqodiga koʻra, osmonga
koʻtariladi. Shialar sunniylar kabi Makka
va Madinani muqaddas hisoblash bilan
birga, Karbalo, Najaf shahrilarida
joylashgan Sh. imomlari qabrlarini ham
ziyorat qiladi. shahrida 1 ta diniy-huquqiy
mazhab — jaʼfariylik mavjud. Shialar
imom Husaynga motam tutadi,
„shaxseyvaxsey“ deb nom olgan motam
yurishlari oʻtkazadi va h.k. Oʻrta asrlarda
Sh. ichida ixtiloflar yuz bergan, natijada
koʻp firqalar vujudga kelgan. Bulardan
zaydiylar, ismoiliylar, ibodiylar va
boshqalar hozir ham mavjud. Sh. hozirgi
vaqtda Eronda hukmron eʼtiqod
hisoblandi. Iroq, Suriya, Livan,
Afgʻoniston, Hindiston va Pokistonda
shialar bor. Ozarbayjon va Tojikistonda
(Pomirda ismoiliylar) aholining muayyan
qismi Sh.ka eʼtiqod qiladi. Samarqand va
Buxoroda shia bor.
Petrushevskiy I. P., Islam v Irane v VII—
XV vekax (kurs leksiy), L., 1966;
Adabiyotlar
Prozorov S. M., Shiitskaya
(imamitskaya) doktrina verxovnoy
vlasti, M., 1984;
Husniddinov Z. M., Abdusattorov A.A,
Islomdagi oqimlar: xorijiylik va shialik,
T" 2003.
Abdullo Abdusattorov. OʻzME. Birinchi
jild. Toshkent, 2000-yil.
Dostları ilə paylaş: |