“Talqin va tadqiqotlar” ilmiy-uslubiy jurnali



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix28.01.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#81370
  1   2   3
xo-llovchi-va-xo-llamaydigan-suyuqliklar-turmushda-va-texnikada-kapillyar-xodisalar



“Talqin va tadqiqotlar” ilmiy-uslubiy jurnali
 

 
 
 
 
 
№15
 

XO‘LLOVCHI VA XO‘LLAMAYDIGAN SUYUQLIKLAR. TURMUSHDA 
VA TEXNIKADA KAPILLYAR XODISALAR 
 
Abduxalimova Kamola Bakirjon qizi 
Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumani prezident ta’lim muassalari agentligi Bag‘dod 
tuman ixtisoslashtirilgan maktabi fizika fani o‘qituvchisi 
https://doi.org/10.5281/zenodo.7491059
 
Annotatsiya: xo‘llovchi va xo‘llamaydigan suyuqliklar. Turmushda va 
texnikada kapillyar xodisalar haqida tayyorlangan.
Kalit so‘zlar: xollovchi, suyuqlik, kapillyar xodisalar, arteriyalar.
Ayrim suyuqliklar qattiq jismni xo‘llasa, boshqalari xo‘llamaydi. Buning 
sababini tushunish uchun ular qanday xosalarga ekanligini ko‘rib chiqish lozim. 
Suyuqliklar, gazlar singari, ma’lum shaklga ega emas va qanday idishga quyilgan 
bo‘lsa, o‘sha idishning xajmini egallaydi. Biroq gaz suyuqlik kabi aniq bir xajmga 
ega emas va u berilgan istalgan xajmni egallaydi, suyuqlik esa to‘laligicha ma’lum 
xususiy xajmga ega va berilgan katta xajmli idishning ma’lum qisminigina egallaydi. 
Suyuqliklar sirt qatlamida uning qattiq jism bilan chegarasida murakkab xodisa sodir 
bo‘ladi. Bunday xolda suyuqliklar molekulalari qattiq jism molekulalari bilan o‘zaro 
ta’sirlari sezilarli bo‘ladi. Kundalik tajribalarda suv tomchisi stolning toza sirtida 
yoyilishi, biroq yog‘li stol sirtida yoyilmasligi deyarli sharcha shaklini olishi 
kuzatiladi. Birinchi xolda suv stol sirtini xo‘llaydi, ikkinchi xolda esa xo‘llamaydi 
deyiladi. Xo‘llash va xo‘llamaslik xodisalari suyuqlik va qattiq jism orasida o‘zaro 
ta’sir kuchining nomoyon bo‘lishiga yaqqol misol bo‘la oladi.
Xo‘llash xolida suyuqlik molekulalarining bir biri bilan o‘zaro ta’sir kuchi qattiq 
jism molekulalarining o‘zaro ta’sir kuchidan kichik. Bu kuch ta’sirida suyuqlik qattiq 
jism sirti bo‘ylab yoyiladi. Xo‘llamaslik xolida aksincha, suyuqlik molekulalarining 
bir-biriga tortishishi kuchi qattiq jism molekulalarining o‘zaro ta’sir kuchidan katta, 
natijada suyuqlik shar shakliga yaqin shaklni oladi.
Xo‘llaydigan suyuqliklarda burchak π/2 dan kichik 



Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin