Boshlang`ich matematika kursida og`zaki hisoblashga o`rgatishning o`rni



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix28.01.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#81451
  1   2
boshlang-ich-matematika-kursida-og-zaki-hisoblashga-o-rgatishning-o-rni



Ученый XXI века • 2022 • № 4 (85) 
50 
BOSHLANG`ICH MATEMATIKA KURSIDA OG`ZAKI 
HISOBLASHGA O`RGATISHNING O`RNI 
 
Sh.N. Ergashova
1
, G.I. Ortiqova
2
 
Maqolada boshlang`ich matematika kursida og`zaki hisoblashga o`rgatishning 
o`rni haqida ma’lumot berilgan. 
Kalit so`zlar: matematika, ta’lim, og`zaki hisob, matematik tusubcha, o`qituvchi, 
o`quvchi.
 
Matematik ta’lim sohasi bo`yicha standart ko`rsatkichlar bolalarda natural 
sonlar va nol to`g`risida tasavvurni shakllantirish, puxta hisoblash ko`nikmalarini hosil 
qilish, amaliy masalalarni yechishda natural sonlarni va arifmetik amallarni qo`llay 
olishga o`rgatish, eng sodda geometrik shakllar hamda og`zaki hisoblash va matematik 
munosabat belgilaridan foydalana olish malakasini hosil qilish nuqtai nazaridan 
belgilandi.
Og`zaki hisoblashga doir mashg`ulotlarning samaradorligi mashqlarning hajmi 
va mazmunigagina emas, balki ularning berilishi va tekshirilishi, o`quvchilarning 
bilimini sinash, og`zaki va yozma mashqlarning almashtirib turilishiga ham bog`liqdir. 
Og`zaki hisoblash malakalarining uzluksiz takomillashib borishi uchun og`zaki va 
yozma hisoblash usullarini qo`llashda to`g`ri munosabat o`rnatish, chunonchi og`zaki 
hisoblash qiyin bo`lgandagina yozma hisoblash zarur. O`quvchilarning topshiriqni 
eshitib qabul qilishlarida o`qituvchi topshiriqni o`qib beradi, ular esa eshitadi. Bunda 
asosiy kuch xotiraga qaratiladi, bunday mashqlar juda foydali bo`lib, eshitish xotirasini 
rivojlantiradi.
Bolalarning og`zaki hisoblash malakalarini har doim tekshirib turish kerak. 
Og`zaki hisoblashga doir mashqlarni birinchi darslardanoq kiritilsa, samarasi ancha 
yuqori bo`ladi. O`quvchilarning og`zaki hisoblash malakalari turli-tuman mashqlarni 
bajarishlari jarayonida shakllanadi.
Asosiy matematik tushunchalar hosil qilish, sonlarning xossalarini va arifmetik 
amallarning qonunlarini o`rganish bilan bir qatorda boshlang`ich ta’limda bolalarda 
hisoblash malakalari hosil qilish doim eng muhim o`rin tutib kelgani hammaga ma’lum. 
Bolalarga hisoblashni o`rgatish sistemasi va metodikasida turli zamonlarda va turli 
mamlakatlarda prinsipial farqlar faqat og`zaki va yozma hisoblash usullarini 
aniqlashga, hamda tegishli malakalar hosil qilish yo`liga nisbatangina bo`lgan.
Har bir kishi uncha murakkab bo`lmagan hisoblashlarni ”zehnda” tez va to`g`ri 
bajarishni bilishining amaliy ahamiyatidan tashqari, og`zaki hisobni o`zbek 
uslubshunoslari doim bolalarning arifmetika darslarida olgan nazariy bilimlarini 
chuqurlashtirishning yaxshi vositalaridan biri deb qaraydilar. Og`zaki hisob asosiy 
matematik 
tushunchalarni 
shakllantirishga 
sonlarning 
qo`shiluvchilardan, 
ko`paytuvchilardan iborat tarkibi bilan yanada chuqurroq tanishishga, arifmetik 
amallarning qonunlarini va boshqalarni yaxshi o`rganishga yordam beradi. Og`zaki 
hisob mashqlarga tarbiyaviy jihatdan ham yuksak baho berib kelingan: og`zaki hisob 
bolalarda fahm-farosat, zehn, diqqatning rivojlanishiga, bolalar xotirasini, aktivligini, 
chaqqonligini, sezgirlik va fikrlashda mustaqilligini rivojlantiradi deb hisoblangan.
Hozirgi zamon maktabida og`zaki va yozma hisoblar qanday o`rin tutishi kerak? 
Shu asosiy masala bilan bog`langan qanday xususiy masalalar maktab tajribasida 
tekshirib ko`rishni talab qiladi.?
Hisoblashning ikkala turi ham boshlang`ich matematika ta`limi sistemasida 
muhim ro`lini saqlashi kerak. Matematik ma’lumotnoma jadval o`quvchilar turmushda 
uchratadigan hollarning hammasini o`z ichiga ololmaydi. O`quvchilar mustaqil 
bajargan arifmetik shakl almashtirishlar ularga shakl almashtirishning o`zi nima 
1
Ergashova Shalola Norpo`lot qizi - Shofirkon tumani 29-maktab boshlang`ich 
sinf o`qituvchisi (Buxoro, O`zbekiston). 
2
Ortiqova Gulsanam Ilhomovna - Shofirkon tumani 29-maktab boshlang`ich sinf 
o`qituvchisi (Buxoro, O`zbekiston).


Ученый XXI века • 2022 • № 4 (85)
51 
ekanini tushunishga yordam etadi, busiz o`quvchilarga jadvallarni tushunib olishning 
o`zi ham qiyin bo`ladi. Ammo dasturga hamda metodikaga maqsadga muvofiq 
o`zgarishlar kiritib, og`zaki va yozma hisoblashni o`rgatishni ratsionallashtirish zarur.
Bundan buyon yozma hisoblash usullarini, hozirgi dastur bo`yicha nazarda 
tutilganidek, ming ichida emas, balki, mumkin bo`lgancha ilgariroq, yuz ichida kiritish 
mumkinligini tekshirib ko`rish kerak. Mingni alohida konsentr qilib olishni bekor qilib, 
konsentrlarni kamaytirish imkonini ham tekshirish lozim.
Dasturdagi yozma hisoblashning ko`p xonali sonlarga taalluqli ba’zi xollarini 
qisqartirish masalasini qo`yishga jiddiy asoslar bor. Birinchi navbatda uch xonali songa 
ko`paytirish va bo`lishning ba’zi xollarini qisqartirish o`rinli bo`lsa kerak. Hisoblash 
usullari kichik sonlarga nisbatan qanday bo`lsa, katta sonlarga nisbatan ham 
shundayligicha qoladi. O`quvchilar kichik sonlar bilan ish ko`rganlarida bu usullarni 
to`la egallab oladilar. Agar o`quvchiga amaliyotda katta sonlar bilan hisoblash kerak 
bo`lib qolsa, u hisoblashni uddalay oladi. Hisoblash usullari o`quvchida paydo bo`lgan, 
faqat butun hisoblash jarayoni davomida diqqat-e’tiborni saqlash kerak bo`ladi, xolos. 
Shuni ham qayd qilib o`tish lozimki, maktabda bolalar (katta sonlar bilan) yozma 
hisoblashlarda ko`p xato qiladilar; buning sababi ular hisoblashni bilmaganliklaridan 
emas, balki hisoblash jarayoni ustida o`z diqqatlarini tutib tura olmaganliklaridadir. 
Og`zaki mashqlar o`qituvchiga darsda o`quvchilarni birоz erkin va qulay 
tutishiga imkоn bеradi.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin