1 umumiy o‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi loyihasi Лойиҳа


kommunikativ kompetensiya



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/119
tarix31.01.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#81895
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   119
55bf43f223e048bfe0dfcc3f607b2e78

kommunikativ kompetensiyalarni
shakllantirishda davlat 
tili, xorijiy tillarni 
o‘zlashtirishda mustaqil, ijodiy fikrlash, yozma va og‘zaki 
ravon bayon etish, 
to‘g‘ri talaffuz qilish, izohlab berish hamda erkin muloqot 
qilishga o‘rgatish zarur. Xususan, matematika fanining o’z ilmiy tili, o’z 
tushunchalari, belgi va timsollari ham ma
vjud bo’lib, bu tilda muloqot qilish - 
kommunikativ kompetensiyalarni shakllantirish omili sifatida qaralishi lozim 
bo’ladi. 
Fanlarni o‘qitishda 
axborot bilan ishlash kompetensiyasini
samarali 
rivojlantirish 
imkoniyatlarini 
kengaytiruvchi 
zamonaviy 
axborot-
telekommunikatsiya vositalaridan muntazam foydalanish zarur. Bunda 
o‘quvchilarni darslik va turli o’quv manbalari bilan ishlash, matematika 
faniga oid axborotlarni turli manbalardan izlash, tahlil qilish va axborot 
xavfsizligiga rioya qilgan holda axborot vositalari bilan ishlash 
ko‘nikmalarini shakllantirishda turli amaliy dasturiy paket va ta’minotlardan, 
mobil qurilma (telefon, planshet va boshqa gadjetlar) lardan foydalanish 
tavsiya etiladi. 
O‘z-o‘zini 
rivojlantirish 
kompetensiyasini
shakllantirishda 
umuminsoniy qadriyatlar asosiga quri
lgan fazilatlarga ega bo‘lish, Vatanni 
sevish, jamiyat va tabiat haqidagi bilimlarga ega bo‘lish, yangiliklarga 
intilish va o‘zlashtirgan nazariy bilimlari asosida mustaqil qaror qabul 
qilishga, 
jamiyatda ro‘y berayotgan progressiv va innovatsion 
o‘zgarishlarga xabardor va daxldor bo’lish, doimo zamonaviy bilim va 
ko’nikmalarni egallashga intilish, hamda ulardan kundalik hayotda 
foydalana olishga o‘rgatish zarur. Shu o’rinda matematika fanini puxta 
o’rganish orqali o’quvchilar tartib-intizomga o’rqanadilar, har bir muammoga 
matematik masala sifatida qarab, uni yechishda qat’iyatli bo’ladilar.

Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin