27
IV. SP
3
-GIBRIDLANGAN UGLEROD ATOMIDA BORADIGAN
NUKLEOFIL ALMASHINISH REAKSIYALARI
sp
3
-Gibridlangan uglеrod atomida boradigan nuklеofil almashinish
rеaksiyalari bo`yicha sintеz (etilbromid, izopropilbromid, n-butilbromid, etil yodid,
yodoform, xlortsiklogеksan,
uchlamchi butilxlorid, dibutil efir, diizoamil efir,
dioksan-1,4, etilyodid)
Tajriba № 12: Etilbromid sintezi
C
2
H
5
OH + KBr + H
2
SO
4
→ C
2
H
5
Br + KHSO
4
+ H
2
O
Reaktivlar: 30 ml etil spirt (95 foizli), 25
g kaliy bromid, sulfat kislota
(d=1,84)
Sig’imi 250 ml bo’lgan tubi yumaloq kolbaga 30 ml konsentrlangan sulfat
kislota quyiladi va unga tezlik bilan aralashtirib turib 30 ml etil spirt qo’shiladi.
Aralashma xona temperaturasigacha sovutiladi va ehtiyotlik bilan unga 20 ml
muzli suv (tashqaridan doimo kolbani sovitib turgan holda), keyin 25 g
maydalangan kaliy bromid qo’shiladi. Reaksion aralashmali kolba egik shisha nay
yordamida yahshi ishlaydigan, alonj o’rnatilgan sovutkichga ulanadi. Alonjning
uchi yig’gich kolbadagi muzli suvning ichiga 1-1,5 sm tushiraladi. Yig’gich kolba
esa muzli
hammomda sovitib turiladi. Reaksion aralashma qum yoki havo
hammomidayig’gich kolba tubiga yog’simon modda yig’ila boshlanguncha kuchli
alangada qizdiriladi. Agar kolbadagi reaksion aralashma ko’piklashsa, qizdirish
qisqa vaqtga sekinlashtiriladi. Haydash jarayonida yig’gich-kolbadagi suv alonjga
ko’tarilishi mumkin. U vaqtda alonjning uchi bir oz suyuqlikka tegib turadigan
yoki alonjni bir tomonga bursa bo’ladigan qilib yig’gich-kolba
bir oz pastga
tushiriladi.
Reaksiya tamom bo’lgandan keyin yig’gich-kolbadagi modda ajratgich
voronkaga quyiladi va etil bromid (pastki qavat) 100 ml hajmli konussimon
kolbaga ajratib olinadi. Kolba muzli suv (yaxshisi tuzli qor) bilan sovutiladi va
idish tubida alohida qavat hosil bo’lib ajralguncha etil
bromidga ehtiyotlik bilan
tomizgich voronka orqali konsentrlangan sulfat kislota tomiziladi. Etil bromid
tarkibidagi dietilefir va etanolni yo’qotish va uni quritish uchun unga sulfat kislota
qo’shiladi, bu vaqtda etil bromid quriydi. Bu jarayonda issiqlik ajralib chiqadi.
Shuning uchun oson uchuvchan etil bromidni yo’qotmaslik maqsadida etil
bromidga sovutib turgan holda sulfat kislota qo’shiladi. Aralashma quruq ajratgich
voronkada ajratiladi va kichik alanga bilan qizdiriladigan suv hammomida etil
bromid haydaladi. Yig’gich-kolba muzli suvda sovitiladi. Etil bromid 35-40
0
C
harorat
intervalida haydaladi, asosiy massa 38-39
0
C da haydaladi. Tozalanmagan
etil bromid tarkibida brom (qo’shimcha modda) qo’shilmasi bo’lgani uchun u sariq
rangli bo’ladi. Etil bromidning unumi 20 g.
Toza etil bromid o’ziga xos hidli rangsiz suyuqlik. Spirt, efir, xloroform
bilan aralashadi, qaynash xarorati past, shuning uchun u qalin devorli, shliflangan
28
probkali sklyankada sarg’ayadi, chunki parchalanib, brom ajratib chiqaradi.
Molekulyar massasi 109; qaynash harorati 38,4
0
S; d=1,4555
Dostları ilə paylaş: