Tajriba № 1 Etilatsetat sintezi Asosiy reaksiya: CH
3
COOH
+
C
2
H
5
OH
CH
3
C
O
OC
2
H
5
+
H
2
O
H
2
SO
4
Qo`shimcha reaksiya: C
2
H
5
OH + HOSO
3
H
C
2
H
5
OSO
3
H
C
2
H
5
OSO
3
H + C
2
H
5
OH
C
2
H
5
-O-C
2
H
5
+ H
2
SO
4
Reaktivlar: 20 ml muz sirka kislota, 22,5 ml etil spirt, sulfat kislota (d –
1,84), natriy karbonat, kalsiy xlarid, 100 ml sig`imli Vyurs kolbasi.
Ishning bajarilishi: Vyurs kolbasiga 2,5 ml etil quyib, ustiga extiyotlik
bilan aralashtirib turib 2,5 ml konsentrlangan sulfat kislota qo`shiladi. Shundan
keyin kolba oqimi pastga qiya qilib, suvli sovutkich ulanadi. Tomizgich voronkali
probilka bilan kolba og`zini berkitib, kolbaga moy hammomida 140 C gacha
qizdiriladi. (termometr hammom ichiga tushib turishi kerak.) qizdirilgan
suyuqlikga asta – sekin voronka orqali 20 ml etil spirt, 20 ml muz sirka kislota
aralashmasi 2 soat davomida qo`shiladi va 140 C da hosil bo`layotgan etilasetat
haydaladi. (yuqori temperaturada qo`shimcha modda dietil efirining hosil bo`lishi
ko`payadi) reaksiya tamom bo`lgandan keyin tarkibida sirka kislota qo`shimchasi
bor distilyat natriy karbonatning konsentrlangan eritmasi bilan neytrallanadi.
Natriy karbonat eritmasi asta – sekin shisha tayoqcha bilan suyiqlikni aralashtirib
turib qo`shiladi (CO gazining ajralib chiqishi natijasida aralashma ko`piradi)
aralashmaning efir qisimiga tushirilgan ko`k lakmus qog`oz qizarguncha soda
eritmasi qo`shiladi. Sirkaetil efir pastgi suv qavatdan ajratgich voronka yordamida
ajratiladi va u kalsiy xloridning to`yingan eritmasi (8 ml suvda 8 gr kalsiy xlorid
eriydi) bilan chayqatib aralashtiriladi. Efirni ajratib kalsiy xlorid bilan quritiladi va
suv hammomida haydaladi. 71 – 75 C da sirka etil efir, etonol va suvdan iborat
azeotrop aralashma haydaladi. 75 – 78 C da toza sirkaetil efir haydaladi. Uning
unumi 20 g. sirkaetil efir xushbo`y hidli, rangsiz suyuqlik. Efir, etanol, xloraform,
benzol bilan aralashadi, suvda kam eriydi. Molekulyar massasi 88,10; suyuqlanish
temperaturasi – 83,6 C; qaynash temperaturasi – 77,15 C d 0,901; n 1,372.