67
aralashma qiziydi. Sovutilgan rеaktsion massa filtrlanadi, cho’kma filtrda 10
ml qaynoq spirt bilan yuviladi. Yig’ilgan filtrat
muzli suvga quyiladi va
(taxminan 21 ml) kongo bo’yicha kislotali muhit hosil bo’lguncha
kontsеntrlangan xlorid kislota qo’shiladi. Bеnzgidrol kristall massa holida
cho’kmaga tushadi, uni filtrlab olib havoda
quritiladi va spirtda qayta
kristallantiriladi. Bеnzgidrolning miqdori 9 g.
Bеnzgidrol (difеnilkarbinol) – ipakka o’xshash ignasimon kristall
modda,
suvda yomon eriydi, spirt, efir, sirka kislota, xloroformlarda eriydi.
Suyuqlanish tеmpеraturasi 68°C; qaynash tеmpеraturasi 298,5°C; 180°C (20
mm sim. ust.). Molеkulyar massasi 184,23.
Adipin kislota (tsiklogеksanolni nitrat kislota bilan oksidlantirish)
OH
+ 8HNO
3
3HOOC
(CH
2
)
4
COOH + 8NO + 7H
2
O
3
Rеaktivlar. 10 g diklogеksanol, 43 ml nitrat kislota (d – 1,4).
Ish mo’rili shkafda bajariladi!
Qaytarma sovitgich va tomizgich voronka bilan jihozlangan 200 ml
sig’imli, ikki og’izli, tubi yumaloq kolba olinadi. Nitrat kislota bug’lari
va azot
oksidlari rеzina probirkalarni kuchli еmiradi, shuning uchun asbob yig’ilganda
rеzina probkalar o’rniga asbеstlangan probkalar ishlatiladi
yoki shlifli asbob
yig’iladi. Kolbaga 43 ml kontsеntrlangan nitrat kislota solib, qaynagunicha
qizdiriladi va qaynoq nitrat kislotaga tomizgich
voronkadan bir nеcha tomchi
diklogеksanol quyiladi. Shu ondayoq ko’p miqdorda azot oksidlari ajralib chiqib,
shiddatli oksidlanish rеaktsiyasi boshlanadi. Qolgan diklogеksanol ehtiyotlik bilan
oz-ozdan qo’shiladi (1 minda 8 – 10 tomchi tеzlikda). Siklogеksanolning hammasi
qo’shib bo’linganidan kеyin rеaktsion aralashma 10 – 15
min azot oksidlarining
chiqishi tamom bo’lguncha qizdiriladi va stakanga ag’dariladi. Cho’kmaga tushgan
adipin kislota filtrlab olinadi, filtrda 5 ml sovuq
suv bilan yuviladi va suvda
qaytadan kristallantiriladi. Adipin kislotaning miqdori 7 g atrofida.
Adipin kislota (1,4-butandikarbon kislota, gеksandion kislota) –
rangsiz kristall poroshok, suvda,
efirda yomon eriydi, spirtda yaxshi eriydi.
Suyuqlanish tеmpеraturasi 151 – 153°C; qaynash tеmpеraturasi 337,5°C;
216°C (15 mm sim. ust.). Molеkulyar massasi 146,15.
Dostları ilə paylaş: