92
Sovutkich va tomizgich voronka kalsiy xloridli naychalar bilan berkitiladi.
Suv hammomiga o’rnatilgan kolbaga 7,5 g alyuminiy xlorid va 27,5 ml
benzol solinadi. So’ngra kolbadagi aralashmani chayqatib turgan holda tomizgich
voronkadan asta-sekin reaksiya shiddatli bormaydigan qilib 5,8
ml benzoil xlorid
quyiladi. Shundan so’ng kolba suv hammomida 50°C da
(termometr hammomga
o’rnatiladi) vodorod xlorid ajralib chiqishi tamoman tugaguncha qizdiriladi (odatda
2-3 soat). Bunda eritma to’q jigar rang tusga kiradi. Aralashma sovitilgandan so’ng
benzofenon bilan alyuminiy xlorid hosil qilgan kompleks
birikmani parchalash
uchun kolbaga ehtiyotlik bilan aralashtirib turib 73 ml muz bo’lakchalari bo’lgan
suv va alyuminiyning asosli tuzini eritish uchun oz miqdorda (2-2,5 ml)
konsentrlangan xlorid kislota quyiladi. So’ngra benzol suv bug’i bilan 20 min
davomida
haydaladi.
Dostları ilə paylaş: