2-mavzu. Personalni boshqarishda mehnat munosabatlari. (4soat)
Reja:
1. Personalni boshqarishda mehnat munosabatlari.
Personalni boshqarishning
rivojlanish bosqichlari.
2. Personalni boshqarishning zamonaviy yo’nalishlari. Personalni boshqarish va inson
resurslarini boshqarish o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik.
3. Inson resurslarini boshqarish vazifalari
Boshqaruv rivojlanishining bosqichlari
Boshqaruv
tarixiga nazar tashlansa, inson faoliyatining
bu sohasiga oid
g‘oyatda muhim muayyan
tamoyillari bundan yuzlab,
hatto minglab yillar ilgari
mavjud bo‘lganligini kuzatish mumkin.
Jumladan, Qadimiy Misrda ehromlarning bunyod
etilishi bugungi kunda
“personalni boshqarish” nomini olgan ushbu faoliyat turini rejalashtirilishiga misol
bo‘la oladi. Shuni ta’kidlash joizki, ehromlar har biri qariyb 2,5 tonna og‘irlikka
ega og‘ir toshlardan qad rostlagan. Bu toshlar ehromlar barpo etilayotgan joydan
ancha olisda tayyorlangan. Shuning uchun ularni tayyorlash, olib kelish va o‘rnatish
puxta rejalashtirishni talab etgan. Ayniqsa,
ehromlarni barpo qilayotgan,
asosan
qullardan iborat 100 ming kishilik mehnat armiyasini yigirma, o‘ttiz yil davomida
boshqarib turish oson bo‘lmagan.
Mehnatni tashkil etishning yuqori samarali usullari qadimgi Rim va
Sharqda
ham mavjud edi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqil taraqqiyot yo‘liga o‘tib, nafaqat iqtisodiy,
balki madaniy va ma’naviy yuksalish jarayoniga dadil kirib bormoqda.
Ayniqsa, buyuk Amir Temurning davlatni boshqarish, bunyodkorlik, harbiy
va boshqa sohalardagi tashkilotchilik usullari juda katta ahamiyatga egadir.
Amir Temurning daho darajasidagi sarkarda bo‘lganini
butun dunyo tan
oladi, Sohibqiron Amir Temur asos solgan markazlashgan buyuk saltanatni idora
etish tartibi o‘z davrida boshqaruv namunasi deb hisoblanadi. Buyuk Amir Temur
hokimi mutlaq bo‘lgan, ijroiya hokimiyatni devonbegi – bosh vazir boshliq 7
vazirlikdan iborat arkoni davlat –
Vazirlik Mahkamasi boshqargan. Vazirlardan biri