1. Qadimgi Sharqda asotiriy tassavurlar Falsafiy bilimlarning paydo bo‘lishi



Yüklə 4,65 Mb.
tarix24.12.2023
ölçüsü4,65 Mb.
#190785
2-MAVZU (2)


Fan va texnologiyalar Universiteti MOLIYA VA MOLIYAVIY TEXNALOGIYALARI “QADIMGI SHARQDA ASOTIRIY TASAVVURLAR VA FALSAFIY BILIMLARNING PAYDO BO`LISHI” Mavzusida tayyorlagan TAQDIMOTI
Reja:
1. Qadimgi Sharqda asotiriy tassavurlar
2. Falsafiy bilimlarning paydo bo‘lishi
3. Islom dining vujudga kelishi va falsafiy ta’limoti
Sharq madaniyati taraqqiyotining ilk davrlari deganda, ko‘pgina mutaxassislar bizning Vatanimiz o‘tmishini, Misr, Bobil va insoniyat tarixining eng qadimgi sivilizasiyalaridan biri bo‘lgan Shumer davrlarini esga oladi. Bularning har biri insoniyat tarixida jamiyat hayoti, qadriyatlar tizimining o’ziga xosligi, boshqarish va iqtisodiy jarayonlarning muayyan tarzda namoyon bo’lishi bilan tavsiflanadi. Ushbu madaniyat o’choqlari haqida maktab ta’limi jarayonida “Yeng qadimgi tarix” darsliklari orqali ma’lumot berilgan. 
Zukko talabalar o’sha davrlarda qanday siyosiy jarayonlar kechgani, qanday podsholik va imperiyalar bo’lganini yaxshi biladi. Biz bugun o’sha davrlardagi falsafiy dunyoqarash, qadimgi ajdodlarimizning fikr-mulohazalari, o’ziga xos ta’limotlarning asosiy tamoyillari bilan yaqinroq tanishmoqchimiz. Ko’xna Sharq sivilizasiyasining beshiklaridan biri bo’lgan Mirs, qadimgi zamonda ilk o’troq hayot va o’ziga xos dehqonchilik an’analari boshlangan Nil daryosi bo’ylaridagi madaniyat dunyo olimlari diqqatini tortib keladi.
Falsafa jamiyatdagi quyidagi ehtiyojlar tufayli shakllana boshladi: ataraqqiy etayotgan olamga, insonga, uning ongiga qarashlarga doir ta’limotlarni yaratish zaruriyati; b) olamning boshlag’ich asoslari va rivojlanish qonuniyatlarini ishlab chiqish kerakligi; v) olam haqidagi tafakkurning oqilona uslubiga mantiqiy fikrlashga va bilish nazariyasiga tug’ilgan ehtiyojlar paydo bo’lganligi; g) afsonaviy va diniy tasavvurlardagi xayoliy fikrlarga asoslangan odamlarning ilmiy bilishdagi falsafiy tafakkur qilishdagi ongsizlikka barham berish zaruriyati.
Qadimgi hind jamiyati hayot haqidagi ilk manba Vedalar hisoblanadi. Hindistonning qadimiy gimni, falsafiy qarashlari uning madaniy merosining yozma yodgorliklarida, asosan 4 vedada (bilimlar, diniy gimnlar, qo’shiqlar to’plami) o’z ifodasini topgan. Bu vedalardan eng muhimi Rigveda bo’lib, eramizdan taxminan 1500 yil oldin maydonga kelgan. 
Sharq mamlakatlaridagi ijtimoiy-falsafiy fikrlar bir-biri bilan bog’langan, yaxlit jarayon sifatida vujudga kelgan dinlar inson kamoloti borasida faoliyat olib borgan. Yer yuzidagi barcha dinlar inson va jamiyatni kelib chiqishini ilohiy kuch asosida tushuntirib beradi. Mana shunday dinlardan biri VIII asrda Markaziy Osiyoda rivojlangan Islomdir. Islom dining rivojlanishiga Sharq xalqlarining ta’siri katta bo’ldi. Islom dinining muqaddas kitobi «Qur’oni Karim»dir.
Qur’oni Karim yer yuzi musulmonlarining dasturi, diniy ahkomlar manbaidir. «qur’on» so’zi arabchadan olingan bo’lib, u «o’qish» deagn ma’noni bildiradi. muhammad payg’ambar 40 yoshga yetganda unga Ollohdan vahiy kela boshlaydi, ya’ni bu payg’ambarlk vahiysi bo’lgan. Shu asosda «Qur’oni Karim» 22 yil davomida vahiy orqali Muhammad payg’ambarga nozil bo’lgan. Unda 114 ta sura, 6236 ta oyat bor. Yigirmata surada oila va u bilan bog’liq masalalar tilga olinishi insoniy jamiyatda juftlik naqadar zarur ekanligini ko’rsatib turadi. Shuningdek, Qur’oni Karimda shariat masalalari ham o’z o’rnini topgan. Qur’oni Karimdan keyin Islom olamida ikkinchi o’rinda turadigan manba bu Hadislar hisoblanadi. 
Markaziy Osiyodan yetishib chiqqan islom dinini targ’ibotchilaridan va Hadis ilmining mukammal sohiblaridan biri Imom al-Buxoriy (809-869 yillar) dir. O’zining «Al jome’ as-saxix» nomli hadislar to’plamida insonlarni poklikka, kamtarlikka, ogohlikka, mehnatevarlikka chorlovchi hadislarni to’plagan va ayni paytda hadislarning mashhur targ’ibotchisi hamda hadis ilmidan dars beruvchi bo’lgan. Uning shogirdlaridan Shayx ibn Muhammad Yusuf Al-Farobiy shunday ma’lumot beradi. Imom Buxoriyni «Al jome’ as-saxix»larini o’zlaridan 90000 kishi eshitgan ekan. 
Abu Nasr Muhammad ibn Tarxon al Forobiy (870-950, asarlari: Kitob-ul xuruf, Fozil odamlar shahri, Siyosat falsafasi, (Fuqarolik siyosati) falsafa va tabiiy fanlar tarixiga oid yuzga yaqin asar muallifidir. U fanlar bilish vositalari ekanligidan kelib chiqqan. Bunda mutafakkir nazariy (mantiq, falsafa, tabiiy fanlar) va amaliy (axloq, siyosat) fanlarni farqlagan. Fanlar tizimida u insonga haqiqiy bilimni soxta bilimdan farqlash imkonini beruvchi mantiqni birinchi o’ringa qo’ygan. Ayni shu sababli faylasuf inson tafakkuriga alohida e’tibor bergan. Forobiy fikricha, borliq 6 bosqichdan iborat.
  • Birinchi sabab ya’ni xudo. 2. Ikkinchi sabab, ya’ni osmoniy jismlar.

  • 3. Uchinchi sabab, ya’ni faol aql.
    4. To’rtinchi sabab, ya’ni jon.
    5. Beshinchi saba, ya’ni shakl. 6. Olimnchi sabab, ya’ni materiya., Forobiy insonlar jamoasi haqida gapirib jamoani uchga ajratadi.

Yüklə 4,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin