12
Mikro EXM quydagilarga bo`linadi:
Ko`p foydalanuvchili mikro EXM – bu kuchli mikro EXM bo`lib, u bir necha
videoterminal bilan jixozlangan va vaqtning bo`linish rejimida ishlaydi, bu esa ularda birdaniga
bir necha foydalanuvchi samarali ishlashini ta`minlaydi.
Shaxsi EXM bir odam foydalanadigan mikro EXM bo`lib, qo`llanishda umumiy
murojaat qilish va universallik talablarini qondiradi.
Ishchi stansiyalar xisoblash tarmoqlarda aniq ishlar turini bajarish uchun
mo`jallangan bir odam foydalanadigan EXM ko`rinishga egadir.
Serverlar – hisoblash tarmog`dagi ko`p foydalanuvchili kuchli mikro EXM lar
bo`lib, ular maxsus ish turlarni va tarmoqning barcha stantsiyalardan so`rovlarni qayta ishlashni
bajarish uchun ajratilgan.
Albatta, yuqorida keltirilgan tasnif nisbatan shartlidir, negaki muammoga
mo`jallangan dasturlar va apparat ta`minoti bilan jixozlangan kuchli zamonaviy EXM to`laqonli
ishchi stansiya sifatida ham, ko`p foydalanuvchili mikro EXM sifatda ham, yaxshi server sifatida
ham ishlatilishi mumkin, u o`zining tavsiflari bo`yicha deyarli kichik EXM lardan qolishmaydi.
Dostları ilə paylaş: