4
Kirish
Hisoblash mashinalari jamiyatning
ijtimoiy va ilmiy texnikaviy rivaj-
lanishga ta`siri bo`yicha insoniyatga
hozirgacha ma`lum bo`lgan texnik
vositalar va texnalogiyalardan o`tib ketadi !
1.1. O`zbekiston Respublikasi Prizidentning axborot almashinuvi va kompyuterlashtirish
soxasiga berayotgan ahamiyati, qilinayotgan ishlar.
O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng uning oldida iqtisodiy va ijtimoiy
rivojlanish uchun, madaniy va ma’naviy yangilanish uchun keng yo’llar ochildi. Mustaqillikning
birinchi kunidan boshlab bozor iqtisodiyoti, ishlab chiqarish, zamonaviy texnalogiyani tadbiq
etish va jahon iqtisodiy aloqalari tizimiga kirishning eng maqbul yo’llarini qidirish bilan bog’liq
bo’lgan muammolarni mustaqil yechishga to’g’ri keladi.
Shu bois respublikaning barcha sohalarini texnik qayta qurollantirish, zamonaviy texnika
va texnalogiya bilanta’minlash hamda xalqaro zamonaviy talablarga javob beruvchi
telekommunikasiyali va kompyuterli aloqa tizimini rivojlantirish dolzarb masalalardan biri bo’lib
qoldi. 1991 – 1994 yillarda O’zbekiston hamdos’tlik davlatlari orasida birinchilardan bo’lib
axborotlashning yaxlit davlat siyosatini amalgam oshirishga asos soldi.
“Axborotlash haqida”gi, “EHM uchun dastur va ma’lumotlar bazasini huquqiy himoyasi
haqidagi”, “Aloqalar haqidagi” qonunlar bilan O’zbekiston Respublikasini 2010 yilgacha
axborotlash, qayta qurishning milliy dasturi va telekommunikasion tarmoqni rivojlanishining
normative huquqiy asoslari yaratildi va axborot resurslari rivojlanishi uchun iqtisodiy, tashkiliy
shart-sharoit va kafillik ta’minlandi.
O’bekiston uchun mulkchilikning hususiy va aralash shakllariga o’tish, energatik,
xomashyoviy resurslaridan unumli foydalanish davrida kompyuter texnologiyalaridan milliy
iqtisodni boshqarishda foydalanish toboro muhim bo’lib bormoqda. 1993 – 1995 yillarda davlat
boshqaruvi va bank muassasalarining informasion tizimlarini kompyuterlashtirishga asosiy
etibor beriladi.
Soliq qo’mitasida ma’lumotlarni yig’ish va tahlil qilishning yagona tizimi, abiturentlarni
testlar asosida qabul qilish uchun kompyuter tizimi yaratildi. Hisob va statistikaning halqaro
tizimga mos tahlil qilsih va statistika davlat muassasalarida kompyuter tarmog’ini yangi texnik
darajda tashkil etmoqda. Vazirlar Mahkamasiga xizmat ko’rsatish tizimi avtomatlashtirilgan,
hususiylashtirish va mablag’ ajratish jarayonlarini ma’lumot bilan ta’minlash va
5
telekommunikasion fondli tizimlar yaratilgan. Banklarga Prezident farmoni asosida soliq
imtiyozlari berislishi O’zbekiston banklar tizimini kompyuterlerlar bilan jihozlashga imkon
berdi. Deyarli barcha tijorat banklarirespublika miqyosidagi electron tizimga bog’langan.
Ishbilarmonlikning takomillashishi kompyuter texnikasidan xomashyo va Tovar maxsulotlarini
hisoblash sohasida foydalanishga sharoit yaratib berdi.
“O’zbekiston havo yo’llari” aviakompaniyasi, “O’zbekiston temir yo’llari” davlat temir
yo’l aksionerlik korxonasida chiptalarni sotishga va bronlashga avtomatlashgan tizim tatbiq
etilgan.
|