Diniy turizmning yo’nalishlari
Diniy turizm – tarixiy-madaniy va tabbiy meros bilan bog’liq bo’lgan
ob’yektlarni sayyoylar tomonidan tashrif buyurishini tahkil etish borasidagi faoliyat.
Turli dinlar va aholi qatlamlari vakillarining tashrif buyuradigan maskanlarning
nafaqat diniy, balki tarixiy, madaniy va badiiy qadriyatlari bilan tanishish ularga
yangi bilimlar olish, atrofdagi voqelikni yangicha baholash imkonini beradi.
7.1.-rasm. Diniy turizmning yo’nalishlari
Bugungi kunda ziyorat qilish jamiyat hayotida kata ahamiyatga ega. (7.1-jadval.)
7.1-jadval.
Zamonaviy jamiyat hayotida diniy turizmning roli
Diniy turizmning roli
Mohiyati
Ma’naviy-ma’rifiy
Tashrif
buyurilayotgan
joyning
tarixi
va
jo’g’rofiyasi bilan tanishish, ziyorat amallarini
bajarishning o’ziga xos xususiyatlari bilan
tanishish
Umumta’limiy
Ziyoratgohlar nafaqat ma’naviy, balki madaniy va
tarixiy markazlar hisoblangan va hisoblanadi.
Ularning ba’zilarida muzeylar, ekspozitsiyalar
joylashgan bo’lib, ta’sviriy va arxitektur a
36
79
shakllari bilan, o’sha zamonda yashaganlarning
turmush tarzi bilan tanishtiradi
Missionerlik
Muqaddas joylarni ziyorat qilish iymonning
kuchayishiga, hayotning ma’nosini anglashga
yordam beradi
Xayriya
Ziyoratgohlarda xayriya quttilari mavjud
Turizmning faoliyat sifatidagi ta’rifi “ziyorat” tushunchasining ma’nosi va
mohiyatiga yaqin. Ziyorat va diniy turlarning ilmiy ta’rifiga asoslanib, shuni aytish
mumkinki, ziyorat insonning ma’naviy faoliyatidan ko’ra ko’proq turizmga taalluqli
bo’lib, uni sayohat sifatida hisoblash mumkin
37
.
Ilmiy adabiyotlarda diniy turizmning ta’rifi va mazmuniga (содержанию)
bo’lgan turli xil yondashuvlar mavjud. Rus olimlari А. Babkin
38
va Xristov
39
larning
fikriga ko'ra diniy turizmni 2 yo’nalishga ajratish mumkin: ziyorat va ekskursion-
ma’lumot beruvchi. Bunday ajratish iqtisodiy ko’rsatkichlarga asoslanadi, sababi
diniy turizm va ziyoratda sayyohlar transport, joylashish va ovqatlanish kabi
xarajatlarni amalga oshiradilar.
Ammo diniy turizm ziyoratning tarkibiy qismi degan boshqa yana bir fikr
mavjud. Ushbu fikrni qo’llab quvvatlovchi olimlar, ziyorat qilish hozirgi
ko’rinishdagi turizmdan ancha oldin paydo bo’lganligiga asoslanadilar. Ammo,
muhim diniy muqaddas qadamjolar joylashgan va kata ziyorat qiluvchilar oqimi
keladigan mamlakatlarda ziyoratchilar va sayyohlar aniq farqlanadi.
Jahon halol turizm bozorida yirik ekspertlardan sanalgan CrescentRating
agentligining hisobotida
40
Musulmon sayohhlik bozorining o'sishiga ta'sir etuvchi
omillar quyidagilar deb belgilangan:
Musulmon aholining ko'payishi,
O'sayotgan o'rta sinf va mavjud daromadlarning ko'payishi,
Aloqa texnologiyalari tufayli sayohat to'g'risidagi ma'lumotlardan keng
foydalanish,
Musulmonlar uchun do'stona sayohat xizmatlari va imkoniyatlarining
ko'payishi.
Halol turizm haqida xabardorlik darajasi oshgani sababli, musulmon va
musulmon bo'lmagan mamlakatlarda halol turistik mahsulotlar takliflari
tarqalishi.
37
Религиозный туризм как возможная ступенька к паломничеству. Конференция «Развитие религиозного
туризма в России» состоялась в Москве / Агентство религиозной информации Благовест - Инфо. Москва,
23.09.2010. – http://www.blagovest-info.ru/index.php?ss=2&s=4&id=36791 (дата обращения 16.09.2014).
38
Бабкин А.В. Специальные виды туризма Ростов-на-Дону: Феникс, 2008. - 252 с.
39
Христов Т.Т. Религиозный туризм. Учебное пособие, Издательство: Academia, 2009. – 288 с.
40
Global Muslim Travel Index 2018
https://www.crescentrating.com/
80
Kelajakda Ramazon safarlari halol sayyohlik bozorining muhim elementi
bo'lishi bashorati.
Musulmon mamlakatlarining rivojlanayotgan iqtisodiyoti kelajakda ish safari
hajmini ko'paytiradi degan qat'iy bashoratlar.
Dostları ilə paylaş: |