O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti xidirova g. R., Raxmatullayeva f. M


 Turkmaniston turizmi. Marv: Qadimiy jannatning poytaxt vohasi



Yüklə 1,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/79
tarix02.02.2023
ölçüsü1,79 Mb.
#82284
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   79
mintaqaviy kitob pdf

11.2. Turkmaniston turizmi. Marv: Qadimiy jannatning poytaxt vohasi. 
Turkmaniston Respublikasi - Oʻrta Osiyoning janubi-gʻarbida joylashgan 
davlat. Maydoni 488,1 ming km². Aholisi 5,113 mln. kishi (2013). Poytaxti – 
Ashxobod shahri. Maʼmuriy jihatdan 5 viloyatga, viloyatlar etrap (tuman)larga 
boʻlinadi. 


123 
Turkmaniston hududining aksariyati tekislikdan iborat boʻlib, qariyb 4/5 
qismi Turon tekisligi (Qoraqum choʻli)da joylashgan. Faqat janubida tepaliklar va 
oʻrtacha balandlikdagi togʻlar bor. Kaspiy dengizining T.ga qarashli janubiy 
qirgʻoklari kam parchalangan, shimolida Qoraboʻgʻozgoʻl, Krasnovodsk, Turkman 
qoʻltiqlari, Krasnovodsk, Darja, Cheleken yarim orollari va kum tillari bor. Dengiz 
sohili past, qumli. T. janubida Kopetdogʻ togʻlari (eng baland joyi 2942 m — Rizo 
choʻqqisi), undan shimoli-gʻarbda Kichik Bolxon (777 m gacha) va Katta Bolxon 
(1881 m gacha) togʻlari joylashgan. Janubi-sharqdagi Bodxiz qirlari (eng baland 
joyi 1267 m) va Qorabel qirlari (eng baland joyi 984 m) oʻrtasidan Murgʻob daryosi 
oqib oʻtadi. Chekka janubi-sharqda Hisor tizmasining Koʻhitang tarmogʻi (bal. 3139 
m — T.ning eng baland nuktasi) bor. T.ning gʻarbida Krasnovodsk platosi, shimoli-
gʻarbida Ustyurt platosining janubiy chekkasi, undan janubida esa Orqa Oʻzboʻy 
burmali rayoni yotadi. Kaspiy boʻyi pasttekisligida Nebitdogʻ (39 m), Boyadogʻ 
(134 m), Qumdogʻ, Manjuqli (27 m) va boshqa qirlar koʻtarilib turadi. Kopetdogʻ 
tekisligidan shimoliy va shimoli-sharqda Qoraqum choʻli, Amudaryo va Tajan 
daryolari oraligʻida Jan.Sharqiy Qorakum choʻli joylashgan. T.ning janubiy qismida 
tez-tez zilzila boʻlib turadi. Muhim qazilma boyliklari — neft va gaz; kumir, 
mirabalit, oltingugurt, kora va rangli metall, mis, alyuminiy, simob, molibden 
konlari aniklangan. 
Italiyaning «Rai Tre» telekanali tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra, 
Turkmaniston 2018-yil uchun eng maqbul yo‘nalish deb topildi. ORIENT.tm 
axborot agentligi xabariga ko‘ra, mazkur so‘rovda dunyoning turli qit’alariga 


124 
sayohat qilgan turistlarning, mazkur telekanal orqali yoritilgan, turli mamlakatlarga 
oid ko‘rsatuvlarni ko‘rgan tomoshabinlarning fikrlari o‘rganilgan. 
Darhaqiqat, Turkmanistonning tarixiy obidalari o‘tmish bilan qiziquvchi 
sayyohlarning diqqatini o‘ziga tortishi tabiiy. Jumladan qadimiy Oltin-tepa shahri 
o‘zining tosh obidalari bilan “Turkmanistondagi Stounxendj” nomini olgan. Bu 
qadimiy shahar Bronza davrida – eramizdan avvalgi 2300-1900 yillarda bunyod 
etilgan. Bu yerda turistlar qadimgi Elam va Shumer mixxat bitiklarini eslatuvchi 
bitiklar bilan tanishishlari mumkin. 
Sayyohlarda ko‘hna Parfiya qadimiy shaharlari, xususan uning madaniy poytaxti 
bo‘lgan Niso shahri katta qiziqish uyg‘otadi. Buyuk Marg‘iyona shahar va qal’alari 
ham turistlarni befarq qoldirmaydi. Tarixda aynan shu hududda yunonlar va 
rimliklar xitoyliklar bilan to‘qnashishgan. 
Shuningdek, Turkmanistonning sharqida o‘rta asrlarga oid yodgorliklar ham 
uchraydi. El Arslon, Tekesh, To‘rabek xonim, Ostona bobo maqbaralari, Qutlug‘ 
Temur minorasi sayyohlarni xayolan olis o‘tmishga yetaklaydi. 
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning dekabr oyida Turkmanistonda Buyuk ipak 
yo‘li bo‘ylab joylashgan yodgorliklar bo‘yicha ilmiy tekshirish va arxeologik 
tadqiqotlarni olib borish, madaniy merosni keng targ‘ib etish bo‘yicha Davlat 
dasturi qabul qilingan edi. 

Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin