Page 837
— o‘qituvchi va o‘quvchining bevosita ishtirokida narsa, voqea va hodisani tahlil
etish;
— o‘quv materialini sodda shaklda tahlil etish;
— ta’limning turlarini tahlil etish;
— ta’lim metodlarini tahlil etish.
Zamonaviy darslarni tahlilini quyidagi turlari mavjud:
Ilmiy tahlil.
Metodik tahlil.
Didaktik tahlil.
Umumpedagogik tahlil.
Umumpsixologik tahlil.
Ilmiy tahlil – berilayotgan bilimlarning ilmiy-nazariy jihati, ta’lim oluvchilar
bajarayotgan mustaqil ta’limining maqsadga muvofiq yo‘nalganligi to‘g‘riligini
aniqlash.
Metodik tahlil, bunda o‘qituvchi o‘quv ma- terialini ta’lim oluvchilar diqqatiga
qanday tarzda yetkazishi, dars jarayonida qo‘llagan ta’lim metodlarining maqsadga
muvofiqligi va turli-tumanligi, ta’limning turi va uning o‘ziga xos xususiyatlariga qarab
tahlil qilinadi. O‘qituvchi o‘quv materialini bayon qilishi, tushuntirishi jarayonida
qo‘llagan o‘qitish metodlari, foydalanilgan vositalari va shakllarining shu mavzuga
mosligi yoki mos emasligi metodik tahlil davomida aniq- lanadi.
Didaktik tahlil – o‘qituvchi tomonidan o‘quv mashg‘ulotlarini ta’lim
tamoyillariga amal qilgan holda (darsga qo‘yiladigan talablar asosida) olib borilishi
nazarda tutiladi.
Umumiy pedagogik tahlil, bunda o‘quv mashg‘uloti mazmunining ilmiy, metodik
va didaktik jihatlari majmuaviyligi nazarda tutiladi, ya’ni:
o‘quv xonasining jihozlanganlik darajasi;
o‘quv xonasining sanitar-gigienik holati;
o‘quv mashg‘ulotida o‘qituvchi va ta’lim oluvchilarning maqsadga erishilganlik
darajasi;
o‘quv mashg‘ulotining ilmiylilik jihati;
o‘quv mashg‘ulotining ilmiy-metodik jihatdan ta’minlanganligi;
o‘quv mashg‘uloti jarayonida didaktik jihatning talabga mosligi va boshqalar.
Umumiy psixologik tahlil, bunda o‘quv mashg‘uloti jarayoni natijasida quyidagi
ruhiy holatlar orqali dars samaradorligiga erishish nazarda tutiladi:
o‘qituvchi va ta’lim oluvchilar o‘zaro bir-birlarini tushunishi va qo‘llab
quvvatlashi;
ularning o‘zaro bir-birlarini idrok etishi, his qilishi, ruhiy holati va kechinma- larini
hurmat qilishi;