Page 839
5.
Darsda asosiy, mohiyatli, belgilovchi g‘oyalar ta’kidlandim?
6.
Darsda tanlangan usul, vosita, prinsiplar o‘quv materiali maqsadi,
mazmuniga mos keladimi?
7.
Darsda o‘quvchilar alohida va tabaqalashtirilgan holda yondoshish amalga
oshiriladimi?
8.
O‘quvchilarning darsda bilim, malaka va ko‘nikmalarni egallashlarini
nazorat qilish qanday tashkil etildi? Qo‘yilganbaholar reyting talablariga to‘g‘ri kelib,
tarbiyalovchi, ular faoliyatini rag‘batlantirdimi?
9.
Darsda o‘quvchilarga bilimga, hunarga qiziqtirishga e’tibor berildimi?
10.
Darsda hozirgi zamon UTV, axborot vositalaridan qay tarzda foydalanildi?
11.
Darsda o‘quvchilarning ruhiy holati, muhit, o‘qituvchi va o‘quvchilarning
o‘zaro munosabatlari qanday?
12.
Uy vazifasi, topshiriqlarni topshirish metodikasi qay tarzda amalga
oshirildi?
13.
Darsda qanday kamchiliklarga yo‘l qo‘yildi? Ularning sababi nimada?
14.
Darsni yuqori saviyada o‘tqazish uchun o‘qituvchi mahorati yetarlimi?
Qaysi yo‘nalishda o‘z kasbiy mahoratini takomillashtirish kerak?
Shunday qilib, pedagog auto tahlilda darsning fikriy nusxasini uning amaldagisi,
ya’ni o‘tkazgan darsi bilan solishtirib, shu asosda o‘zining umumiy saviyasi, ilmiy-
nazariy, kasbiy mahoratini takomillashtirish yo‘llarini belgilashi lozim. Bunday tahlil
tashxis (diagnostik) ahamiyatga ega bo‘lib, pedagogning shaxs sifatida va kasbiy
darajasini to‘g‘ri baholay olish imkoniyatini yaratadi.
Xulosa. Dars tahlili o‘qituvchining ish faoliyatini o‘rganish, fan asoslarini
o‘quvchilar qanday darajada o‘zlashtirayotganligini aniqlash va davlat o‘quv dasturi
materiallarining reja asosida bajarilishini nazorat etishning asosiy omili hisoblanadi.
Darslarni ilmiy, metodik, didaktik va umumiy pedagogik, psixologik jihatlarga bo‘lib
tahlil etish dars tahliliga aniqlik kiritadi, uni mukammallashtiradi hamda o‘qituvchi va
o‘quvchi faoliyatiga mukammal baho berish imkonini kengaytiradi.